Yoshlar akademiyasi tomonidan “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovi 
O‘zbekiston O‘zbekiston
10 Iyn, 2022 · Muddat tugagan

Yoshlar akademiyasi tomonidan “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovi 

Xalqaro musobaqalar Bepul o'qish

Tavsif

Yoshlar akademiyasi tomonidan 40 yoshgacha boʻlgan ayollar uchun “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovi e'lon qilindi.

“Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovning asosiy maqsadi – iqtidorli va isteʼdodli xotin-qizlar, ayollar va yosh olimalarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.

Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87 Farmonida belgilangan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 222-son qarorining 2-ilovasi “Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi. Ushbu tanlovga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan10 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.

Biznes loyihalar boʻyicha takliflar 2022-yilning 1-iyun soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Loyiha ijrochilarining tarkibi faqatgina xotin-qizlardan iborat boʻlishi;
  • Loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
  • 1 ta jamoa 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi (jamoa aʼzolari soni 5 nafardan oshmasligi lozim);
  • Biznes loyihalarni toʻliq ishga tushirishning yakuniy muddati bir yilgacha boʻlishi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlovga gʻoliblariga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan 10 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.

Topshirish jarayoni

ARIZA TOPSHIRISH

  • Taqdim etilgan biznes loyihalar tanlov talablariga qatʼiy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, koʻchirmachilikka (plagiat) yoʻl qoʻyilmaganligi, belgilangan talablar asosida shakllantirilganligi boʻyicha dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi;
  • Dastlabki texnik ekspertizadan oʻtmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi;
  • Taqdim etilgan loyihalardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy gʻoya hamda biznes loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Kerakli hujjatlar

  • Biznes reja va xarajatlar smetasini yuklab olish;
  • Taqdimot namunasini yuklab olish;
  • Loyiha jurnal namunasini yuklab olib toʻldirgandan soʻng, ariza topshirishning keyingi bosqichlarini davom ettirish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Loyihalarni topshirish bilan bogʻliq texnik masalalar boʻyicha:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 40

  • Jins

    Ayol

O‘zbekiston Yoshlar akademiyasi tomonidan “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovi 
10 Iyn, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.