Yoshlar akademiyasi tomonidan Qoraqalpogʻistonlik iqtidorli yoshlar uchun START4REGION tanlovi. Gʻolib boʻlgan 10 ta loyihaga 100 million soʻmgacha boʻlgan grant mablagʻlari ajratiladi
O‘zbekiston O‘zbekiston
19 Sen, 2022 · Muddat tugagan

Yoshlar akademiyasi tomonidan Qoraqalpogʻistonlik iqtidorli yoshlar uchun START4REGION tanlovi. Gʻolib boʻlgan 10 ta loyihaga 100 million soʻmgacha boʻlgan grant mablagʻlari ajratiladi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

“Boʻlajak olim” tanlovi doirasida “START4REGION” tanlovi eʼlon qilinadi. “START4REGION” tanlovning asosiy maqsadi Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtidorli va isteʼdodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.

Mazkur tanlov Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 222-son qarorining 2-ilovasi “Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.

“START4REGION” tanlovi doirasida yosh olimlarning yangi istiqbolli yoʻnalishlar va startap loyihalari boʻyicha arizalar qabul qilinadi.

Tanlov doirasida startap loyihalar boʻyicha takliflar 2022-yil 5-avgustdan  5-sentyabrgacha qabul qilinadi. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

Topshiriladigan startap loyiha shartlari:

  • Loyiha amalga oshirilish hududi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlishi kerak;
  • Loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat'i nazar 40 yoshdan oshmasligi;
  • Loyiha anʼanaviy biznes turlaridan farqli boʻlishi, ilmiy yangiligi hamda innovatsion elementi boʻlishi shart;
  • 1 ta jamoa 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi;
  • Topshirilgan startap loyihani amalga oshirish uchun soʻralgan mablagʻ miqdori 100 million soʻmgacha boʻlishi zarur. Tanlov doirasi 10 ta startap loyiha qoʻllab-quvvatlanadi.
  • Startap loyihalarni amalga oshirishning eng koʻp muddati bir yilgacha boʻlishi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlov yakuniga koʻra 10 ta loyihaga 100 million soʻmgacha boʻlgan grant mablagʻlari ajratiladi.

Topshirish jarayoni

  • Ishtirokchilar vazirlik tomonidan taqdim etilgan shakllar asosida www.yoshlarakademiyasi.uz veb-sahifasining tanlovlar rukni orqali ariza topshirishi lozim;
  • Ariza topshirish ushbu havola orqali amalga oshiriladi;
  • Taqdim etilgan startap loyihalar tanlov talablariga qatʼi rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, koʻchirmachilikka (plagiat) yoʻl qoʻyilmaganligi, belgilangan talablar asosida shakllantirilganligi boʻyicha dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi;
  • Dastlabki texnik ekspertizadan oʻtmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi;
  • Taqdim etilgan loyihalardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga startap loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Kerakli hujjatlar namunasini yuklab olish:

Arizalarni qabul qilish muddati:

  • 2022-yil 5-avgustdan 5-sentyabr 18:00 gacha davom etadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Loyihalarni topshirish bilan bogʻliq texnik masalalar boʻyicha murojaat uchun telefon raqamlar:

  • 71 203-32-23
  • Ichki raqam — 233

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 40

  • Jins

    Erkak

O‘zbekiston Yoshlar akademiyasi tomonidan Qoraqalpogʻistonlik iqtidorli yoshlar uchun START4REGION tanlovi. Gʻolib boʻlgan 10 ta loyihaga 100 million soʻmgacha boʻlgan grant mablagʻlari ajratiladi
19 Sen, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.