Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasidan Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Men talabaman” nomli videorolik tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
14 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasidan Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Men talabaman” nomli videorolik tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

17-noyabr — “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan talabalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Men talabaman” videoroliklar tanlovi qilindi.

Tanlovda Fargʻona viloyati boshqarmasi Oliy taʼlim muassasalari talabalari “Men talabaman” nomli talabalar hayotini oʻzida aks ettirgan, davomiyligi 1 daqiqadan 3 daqiqagacha boʻlgan videoroliklar bilan ishtirok etishi mumkin.

Tanlov onlayn tarzda oʻtkaziladi. Gʻoliblar qimmatbaho planshet va boshqa mukofotlar bilan taqdirlanadilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda Fargʻona viloyatining barcha Oliy taʼlim muassasasi talabalari ishtirok etishi mumkin.

Videorolik uchun qoʻyilgan talablar:

  • Video sifatli, davomiyligi 1 daqiqadan 3 daqiqagacha boʻlgan 50 megabaytdan oshmagan boʻlishi;
  • Talabalar hayotidagi qiziqarli voqealar, talabalarga yaratilayotgan taʼlim muassasadagi sharoitlarga ishtirokchining munosabati aks etishi;
  • Slaydshoudan iborat rasmli videolar qabul qilinmaydi.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlovda gʻoliblikni egallaganlar uchun quyidagi sovgʻalar beriladi:

  • 1-oʻrin zamonaviy Planshet;
  • 2-oʻrin elektropech;
  • 3-oʻrin Termopot.

Topshirish jarayoni

Tanlovda ishtirok etish uchun 1 daqiqadan 3 daqiqagacha boʻlgan 50 megabaytdan oshmagan sifatli video @Mentalabaman_bot ga yuboriladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlovga yuborilgan videolar quyidagi mezonlarga asosan baholanadi:

  • Gʻoyaning originalligi;
  • Sifat va yondashuv darajasi;
  • Tanlov talablariga mos kelishi.

Tanlovni shu soha boʻyicha mutaxassislardan iborat tashkiliy qoʻmita baholaydi.
Eslatma! Slaydshoudan iborat rasmli videolar qabul qilinmaydi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasidan Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Men talabaman” nomli videorolik tanlovi
14 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.