Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi “Yosh maslahatchilar” Kengashi hamda “Thompson school” bilan hamkorlikda ingliz tilini oʻrganmoqchi boʻlgan 50 nafar yoshlar uchun bepul Intensiv Ingliz tili kursi tashkil etilmoqda.
Kursda ishtirokchilar 4 oy davomida ingliz tilini boshlangʻich darajadan IELTS darajagacha oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladilar. Darslar onlayn taʼlim platformada olib boriladi.