Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Qizlar ovozi” klubida ishtirok etish imkoniyati
O‘zbekiston O‘zbekiston
22 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Qizlar ovozi” klubida ishtirok etish imkoniyati

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan qizlar uchun maxsus “Qizlar ovozi” klubi tashkil etilgan. Ushbu dastur 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan qizlarni ragʻbatlantirish, kasb-hunarga yoʻnaltirish, yangi kasblar bilan tanishtirish va tanlagan yoʻnalishi boʻyicha nazariy va amaliy koʻnikmalar berish, shuningdek, ularning jamiyat hayotidagi rolini oshirish va mustahkamlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

Dasturda quyidagi 5 yo'nalish bo'yicha qizlar o'z faoliyatini olib boradi:

  • Bosh koordinator;
  • IT va media;
  • Ta'lim;
  • Sport va salomatlik;
  • Bandlik va tadbirkorlik.

Roʻyxatdan oʻtish bosqichidan soʻng, har bir hududdan saralab olingan qizlarning 5 nafari tanlab оlinib, klubning resрublika kооrdinatоrlari etib tayinlanadi. Shuningdek, klubning vilоyat, tuman, mahalla kооrdinatоrlari ham tayinlanadi.

Dastur haqida batafsil maʼlumotni roʻyxatdan оʼtayоtganda keltirilgan maxsus infografika va video orqali bilish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan oʻz shaxsiy fikriga ega barcha yetakchi qizlar ishtirok etishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturda ishtirok etgan qizlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • Klubga aʼzo bоʼlish bepul;
  • Dasturga qabul qilinganlar mutaxassislar tomonidan maxsus darslarda bepul ishtirok etadi;
  • Oʻzining yoʻnalishi boʻyicha shaxsiy loyihasini taqdim eta oladi va ularni amalga oshirishda koʻmaklashiladi;
  • Klub aʼzosi bоʼlgan qizlar orasidan fidoiy yоsh kadrlar davlat zaxirasi yaratilib, davlat boshqaruv organlariga tavsiya etilish imkoniyati beriladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish va barcha savollarga javob berish lozim.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili, O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 14, Max: 30

  • Jins

    Ayol

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Qizlar ovozi” klubida ishtirok etish imkoniyati
22 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.