Tavsif
Oʻzbekiston Yoshlar Ishlari Agentligining “Ibrat Farzandlari” loyihasi jahonning TOP-100 universitetlariga kirish istagidagi iste’dodli yoshlarni oromgohga taklif etadi.
“Ibrat Farzandlari” — yoshlarning xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularga xorijiy tillar bo‘yicha bepul ta’lim berish uchun tashkil etilgan loyiha.
Loyiha davomida maktab va bakalavr bosqichi bitiruvchilarini birlashtirib, shu orqali quyidagi maqsadlarga erishish maqsad qilingan:
- TOP-100 universitetlarga kirmoqchi bo‘lgan isteʼdodli maktab va bakalavr bosqichi bitiruvchilari uchun hamjamiyat tashkil etish;
• jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini oshirish;
• jahonning TOP-100 universitetlari bakalavriat hamda magistratura bosqichiga kirish imkoniyatini yaratish;
• ular uchun kerakli ko‘nikmalarni rivojlantirish.
Hozirda dasturning yozgi mavsumi uchun qabul boshlandi. Ushbu mavsum Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan Yoshlar Oromgohida boʻlib oʻtadi. Umumiy 3 ta mavsum uchun 600 nafar ya’ni bakalavr bosqichining 2 ta mavsumi uchun 400, magistratura bosqichiga esa 200 ta ishtirokchi saralab olinadi.
3-9-iyul va 17-23-iyul kunlari maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun;
14-20-avgust kunlari bakalavriat talabalari va bitiruvchilari uchun oromgoh boʻlib oʻtadi.