Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan talabalar uchun onlayn olimpiadalar haftaligi
O‘zbekiston O‘zbekiston
09 Yan, 2022 · Muddat tugagan

Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan talabalar uchun onlayn olimpiadalar haftaligi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi onlayn olimpiadalar haftaligini ochiq deb e’lon qiladi!

Olimpiada quyidagi yo'nalishlarda, onlayn test shaklida tashkil etiladi: 

  • 7-yanvar – aniq fanlar (matematika, fizika);
  • 8-yanvar – o‘zbek tili va adabiyoti;
  • 9-yanvar – O‘zbekiston va jahon tarixi;
  • 10-yanvar – ingliz tili;
  • 11-yanvar – mantiqiy savollar va psixologiya;
  • 12-yanvar – IT bilimdoni;
  • 13-yanvar – dunyo xaritasi.

Eng yuqori ball sohibi Iphone 13 PRO ni qo‘lga kiritadi.

Olimpiadada O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi OTMlar talabalari g‘olib deb topiladi. Ya'ni testlarni istalgan shaxs yechishi va turli ballarni toplashi mumkin, faqat bosh sovrinni ayni paytda talaba bo'lganlargina qo'lga kiritadi (talabalik guvohnomasi asosida sovrin topshiriladi).

Har kuni soat 09:00 da bitta yo‘nalishda 50 ta test savoli beriladi va 23:59 da yakunlanadi. Ballar teng bo‘lib qolganda takroriy test o‘tkaziladi

Bir kishi faqat bitta yo‘nalishda bosh sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Olimpiadada ona tili va adabiyoti, aniq fanlar, ingliz tili, IT, xaritashunoslik, mantiq va psixologiya bo'yicha o'zini sinab ko'rishni istagan O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi OTMlarining barcha talabalari ishtirok etishi mumkin;
  • Talaba bo'lmagan, ammo bilimini tekshirishga qiziquvchi istalgan soha vakillari ham qatnashishi mumkin. 

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Har bir yo'nalish bo'yicha bittadan g'olibga IPhone 13 PRO sovg'a qilinadi.

Eslatma: Olimpiadada O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi OTMlar talabalari g‘olib deb topiladi. Ya'ni testlarni istalgan shaxs yechishi va turli ballarni toplashi mumkin, faqat bosh sovrinni ayni paytda talaba bo'lganlargina qo'lga kiritadi (talabalik guvohnomasi asosida sovrin topshiriladi).

Tanlov qoidalari bilan tegishli bot-manzilini ishga tushurgach batafsil tanishish mumkin. 

Topshirish jarayoni

Olimpiadada qatnashish uchun ushbu bot-manzilini ishga tushrish lozim: @jonlitestbot 

Qo'shimcha ma'lumot

Qo'shimcha savollarni rasmiy havola ostidagi izohlarda qoldirish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan talabalar uchun onlayn olimpiadalar haftaligi
09 Yan, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.