Tavsif
Yoshlar ishlari agentligi, “Astrum” IT akademiyasi, Mikrokreditbank va “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi hamkorligida IT sohasida oʻqishni istagan, ammo moliyaviy qiyinchilikka duch kelayotgan yoshlar uchun jami 100 ta oʻringa moʻljallangan har biriga 15 mln soʻmgacha berilishi rejalashtirilgan grantlar eʼlon qilindi.
Grant dasturi doirasida 100 nafar eng bilimli yoshlarga oʻqish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi. Darslar mutlaqo yangi uslubda, butunlay boshqacha muhitda olib boriladi.
“Astrum” IT ta’lim akademiyasi dunyo miqyosidagi Top 10-akademiyalari bilan raqobatlasha oladi.
Kusrlar davomida quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
- Professional IT kurslari va taʻlim olishni yakunlagandan soʻng, QWASAR xalqaro Amerika sertifikati;
- Ingliz tili va matematika fanlari boʻyicha mashgʻulotlar;
- Mentor va akademiklarning professional yordami;
- 4000 ta talaba uchun 24 soat vaqt davomida faoliyat yurutuvchi yuqori texnalogiyaga ega kampus;
- “Astrum” har bir talabani kuchli kompyuter bilan ta'minlaydi;
- Sport majmuasi, qahvaxona va samarali rivojlanish uchun yaratilgan eng zo‘r sharoitlar;
- Ishga joylashish va martaba oshishi imkoniyatlari.
Taʼlim muddati: 7-12 oy davom etadi. Shu vaqt mobaynida talabalar quyidagi yo‘nalishlardan birida tahsil olishlari mumkin:
- Software Engineering C++;
- Software Engineering Rust;
- Data Science;
- Backend.
Eslatma: Tanlov shartlariga koʻra, birinchi oy sinov tariqasida barcha uchun pulli asosda tashkil etiladi (1 mln. soʻm). Muvaffaqiyatli qatnashib keyingi bosqichga oʻtganlar orasidan qoʻyilgan texnik talablarni bajarish imkoniga ega boʻlgan iqtidorli yoshlar tanlab olinadi va ularning har biriga 15 million soʻmgacha grant taqdim etiladi hamda bu jarayonda moliyaviy qiyinchilikka duch kelayotgan yoshlarga birinchi navbatda ustuvorlik beriladi.
Quyidagilar moliyaviy yordamga muhtoj deb hisoblanadi:
a) oilasi “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandi;
b) mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi bitiruvchisi;
c) ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan yosh;
d) to‘liq bo‘lmagan oila (yolg‘iz ona, ota)ning farzandi;
e) oila boquvchilarining kamida bittasi birinchi guruh yoki har ikkalasi ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan oila farzandi;
f) I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yosh;
g) jazoni ijro etish muassasalaridan jazo muddatini o‘tab chiqqan yosh;
h) "ijtimoiy ximoya yagona reestri”ga kiritilgan oila farzandi;
i) ota-onasidan biri yoki har ikkisi yoshga doir nafaqaxo‘r bo‘lgan yosh;
j) IT bo‘yicha o‘tkazilgan respublika, jahon chempionati yoki olimpiadasida g‘olib bo‘lgan yosh.