Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi hamkorligida “Yil volontyori” xalqaro tanlovi eʼlon qilindi
O‘zbekiston O‘zbekiston
09 Avg, 2021 · Muddat tugagan

Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi hamkorligida “Yil volontyori” xalqaro tanlovi eʼlon qilindi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi hamkorligida “Yil volontyori” xalqaro tanlovi eʼlon qilindi.

Ushbu tanlov mamlakatimizning ijtimoiy muammolarini hal qilishga hissa qoʻshgan volontyorlar, volontyorlik guruhlari va uyushmalarini ragʻbatlantirishga qaratilgan. 

Tanlovda mamlakatimiz hududidagi va xorijda volontyorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan barcha yoshdagi vatandoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun @yilvolontyoribot telegram-boti orqali anketani toʻldirib joʻnatishingiz lozim.

Anketalarni qabul qilish 10-iyuldan 10- avgustga qadar davom etadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda yoshidan qatʼiy nazar Oʻzbekistonning barcha hududlaridagi, shuningdek, xorijdagi vatandoshlarimiz ham qatnashishlari mumkin;
     
  • Jamoaviy yoki yakka tartibda arizalar qabul qilinadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan birinchi volontyorlar festivalida taqdirlanadi

Topshirish jarayoni

Ishtirok etish uchun @yilvolontyoribot telegram-boti orqali anketani toʻldirib joʻnatishingiz lozim. Jamoaviy yoki yakka tartibda arizalar qabul qilinadi.

Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:

Birinchi bosqich — tanlov ishtirokchilari anketa orqali volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etadilar;

Ikkinchi bosqich — eng koʻp ovoz toʻplagan va ikkinchi bosqichga oʻtgan ishtirokchilar intervyu orqali tanlov komissiyasi tomonidan baholanib saralanadi.

25 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar tanlab olinadi:

  • “Mister volontyor-2021” nominatsiyasi
  • “Miss volontyor-2021” nominatsiyasi
  • “Yilning volontyorlik guruhi” nominatsiyasi
  • “Yilning madaniyat volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning eko volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning tibbiy volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning sogʻlom turmush tarzini targʻib qiluvchi volontyor” nominatsiyasi
  • “Yilning ijtimoiy volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning tadbir volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning virtual volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning favqulodda vaziyatlarda ishtirok etgan volontyori” nominatsiyasi
  • “Yoʻqolganlarni qidirishda faol ishtirok etgan volontyor” nominatsiyasi
  • “Yilning sport volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning volontyorlik gʻoyasi” nominatsiyasi
  • “Yilning hayvonot olamini muhofaza qiluvchi volontyor” nominatsiyasi
  • “Yilning donorlikni targʻib qiluvchi volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning faol volontyorlar hududi” –maxsus nominatsiyasi
  • “Yilning agro volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning media volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning chet eldagi faol Oʻzbekistonlik ijtimoiy volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning chet eldagi faol Oʻzbekistonlik eko volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning chet eldagi faol Oʻzbekistonlik korporativ volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning chet eldagi faol Oʻzbekistonlik tibbiy volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning chet eldagi faol Oʻzbekistonlik media volontyori” nominatsiyasi
  • “Sirli nominatsiya” (taqdirlash marosimida eʼlon qilinadi)

Anketalarni qabul qilish 10-iyuldan 10- avgustga qadar davom etadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi hamkorligida “Yil volontyori” xalqaro tanlovi eʼlon qilindi
09 Avg, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.