Tavsif
Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “Saylov – 2021: Kelajak xalq tanloviga bogʻliq!” mavzusida publitsistik maqolalar tanlovi oʻtkazilmoqda.
Tanlovda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Maqolalar 28-sentabrdan 10-oktabrgacha elektron koʻrinishda quyidagi @maqolalar_tanlovibot telegram bot manzili orqali qabul qilinadi.
Tanlov natijalariga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan 3 nafar ishtirokchi gʻolib deb topiladi va quyidagicha ragʻbatlantiriladi:
- 1-oʻrin uchun noutbuk;
- 2-oʻrin uchun smartfon;
- 3-oʻrin uchun kitoblar jamlanmasi taqdim etiladi.
Maqolalar tanlovi Nizomi haqida batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin!
Shoshiling, siyosiy bilimingiz va ijodkorlik qobiliyatingizni imtihon qilishning ayni payti. Tanlovda ishtirok eting va qimmatbaho sovgʻalardan biriga ega boʻling!