Yoshlar ishlari agentligida amaliyot oʻtash imkoniyatini beruvchi “Amaliyot ofisi” loyihasi
O‘zbekiston O‘zbekiston
19 Okt, 2025 · Muddat tugagan

Yoshlar ishlari agentligida amaliyot oʻtash imkoniyatini beruvchi “Amaliyot ofisi” loyihasi

Amaliyot Bepul ishtirok

Tavsif

Yoshlar ishlari agentligida amaliyot oʻtash imkoniyatini beruvchi “Amaliyot ofisi” loyihasi taqdim etiladi. Ishtirokchilar dastur davomida haqiqiy loyihalarda ishtirok etadi, davlat tashkilotlari tizimi bilan tanishadi va eng asosiysi — oʻziga va jamiyatga foyda keltiradi.

Ushbu loyiha uzoq muddatli dastur boʻlib, asosiy maqsadi yoshlarga oʻrganganlarini amaliyotda sinab koʻrish va muvaffaqiyatga erishishga koʻmaklashishdan iborat.

Quyidagi boʻlimlarda amaliyot oʻtash mumkin:

  • Axborot xizmati;
  • Inson resurslarini rivojlantirish boʻlimi;
  • Xalqaro hamkorlik va reytinglari boʻlimi;
  • Yoshlar balansini muvofiqlashtirish boʻlimi;
  • Yoshlar bandligi va tadbirkorligiga koʻmaklashish boʻlimi;
  • Vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yoshlar siyosatini amalga oshirish boʻlimi;
  • Mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodologik taʼminlash boʻlimi;
  • Strategik rejalashtirish, istiqbolli loyihalar va metodologiya boʻlimi;
  • Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi;
  • Bolalar, xotin-qizlar, taʼlimdagi yoshlarni, volontyorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi;
  • Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish boʻlimi;
  • Axborot kommunikatsiya va texnologiyalarni joriy etish va raqamlashtirish boʻlimi;
  • Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligi profilaktikasiga koʻmaklashish boʻlimi;
  • Davlat tili va hujjatlar bilan ishlash boʻlimi.

“Amaliyot ofisi” loyihasi 3 oy davomida yaʼni noyabr, dekabr va yanvar oylarida Toshkentda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda yosh, gʻayratli va oʻzgarish qilishga tayyor barcha oliygoh bitiruvchilari qatnashishi mumkin.

Muhim: Bu yilgi qishki mavsumda talabalar qatnashishi mumkin emas. Chunki ushbu mavsum aynan nomzodning universitetda egallagan bilimlarini amaliyotda mustahkamlash uchun tashkil etilmoqda!

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Yoshlar ishlari agentligi tizimida amaliyot oʻtash;
  • Tajribali mutaxassislar bilan birga oʻrganish;
  • Real loyihalarda ishtirok etish;
  • Har haftalik treninglar va uchrashuvlarda qatnashish imkoniyati.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Amaliyot oʻtamoqchi boʻlgan boʻlimi;
  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Taʼlim sohasi boʻyicha maʼlumot;
  • Aloqa maʼlumotlari;
  • Rezyume;
  • Nima uchun aynan nomzodni tanlashi kerakligi haqida.

Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Arizalarni dastlabki saralash;
  2. Oflayn suhbat (shortlist bosqichi);
  3. Boʻlim rahbari bilan yakuniy suhbat.

Qo'shimcha ma'lumot

Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 20-oktyabr, 2025-yil.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligida amaliyot oʻtash imkoniyatini beruvchi “Amaliyot ofisi” loyihasi
19 Okt, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.