Tavsif
Yoshlar ishlari agentligi, Asaxiy Books va “WikiMarafon” loyihasi hamkorlikda kitobxon yoshlar uchun yangi WikiKitob tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovning asosiy maqsadi talaba va oʻquvchilar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, shuningdek, ularning darsdan boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va kitob mutolaasini keng targʻib qilish, yoshlarni oʻz mustaqil fikriga ega, dunyoqarashi keng qilib tarbiyalash va qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
Ishtirokchilar 2025-yil 10–15-oktyabr kunlari oʻtkaziladigan “WikiKitob” tanlovida qatnashib, kitoblar toʻplamidan birini yutib olish imkoniga ega boʻlishadi. Tanlov bir bosqichda, onlayn formatda tashkil etiladi. Natijalar 17-oktyabrgacha eʼlon qilinadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.