Yoshlar ishlari agentligidan “Eko volontyorlar” oromgohi
O‘zbekiston O‘zbekiston
12 May, 2023 · Muddat tugagan

Yoshlar ishlari agentligidan “Eko volontyorlar” oromgohi

Bakalavr Xalqaro musobaqalar To'liq moliyalash

Tavsif

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan respublikamizdagi yosh ekologlar uchun joriy yilning 23-27-may kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida “Eko volontyorlar” oromgohi tashkil etiladi. Loyiha doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan unumli foydalanish, iqlim oʻzgarishi muammolari mavzusida seminar-treninglar oʻtkaziladi. Dastur davomida taniqli shaxslar, blogerlar hamda yosh ijodkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi. Eko volontyorlar oromgohni tugatgach, tashkilotchilar tomonidan oʻtkaziladigan aksiya, tanlov, loyihalarda doimiy ishtirok etishga va tashkilotchilarning hamkorlik topshiriqlarini bajarishga tayyor boʻlishlari kerak.

Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2023-yil 13-mayga qadar davom etadi. Loyiha 23-24-may kunlari boʻlib oʻtadi. 

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Ishtirokchilar ekologiya sohasiga va kelajakda ekologiyaga oid loyihalarni amalga oshirishga qiziqishlari lozim;
  • Eko volontyorlar oromgohni tugatgach, tashkilotchilar tomonidan oʻtkaziladigan aksiya, tanlov, loyihalarda doimiy ishtirok etishga va tashkilotchilarning hamkorlik topshiriqlarini bajarishga tayyor boʻlishlari kerak;
  • Oʻzbekistondagi ekologik muammolardan ogoh boʻlishi va shu sohada bilimlarga ega boʻlishi zarur;
  • Qoʻshimcha xorij tilini bilish saralash jarayonida nomzodlarga ustunlik beradi;
  • Oromgohda 23-27-may kunlari oflayn ravishda ishtirok etishga tayyor boʻlishlari lozim.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin. 

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning quyidagi foydali tomonlari mavjud:

  • Dastur gʻoliblari 23-27-may kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida boʻlib oʻtadigan “Eko volontyorlar” oromgohida mutlaqo bepul qatnashish imkonini qoʻlga kiritishadi;
  • Loyiha doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan unumli foydalanish, iqlim oʻzgarishi muammolari mavzusida seminar-treninglar oʻtkaziladi;
  • Oromgohda ekologiya mavzusida video mahsulotlar tayyorlanadi;
  • Dastur davomida taniqli shaxslar, blogerlar hamda yosh ijodkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi.

Topshirish jarayoni

Dasturga roʻyxatdan oʻtish soʻrovnomasida quyidagi maʼlumotlarni kiritish talab qilinadi:

  • Nomzodning ism-sharifi, tugʻilgan yili, istiqomat qiladigan manzili, telefon raqami, ish yoki oʻqish joyi;
  • Tashkil etilayotgan “Eko volontyorlar oromgohi”da ishtirok etishdan maqsadi;
  • Nomzod “Eko volontyorlar oromgohi”ni tamomlagach amalga oshiradigan ekologik loyihalari;
  • Ekologiya sohasida avval ishtirok etgan loyiha va tanlovlar roʻyxati (agar mavjud boʻlsa);
  • Nomzod biladigan xorij tillari.

Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2023-yil 13-mayga qadar davom etadi. 

Roʻyxatdan oʻtish jarayoni haqida batafsil maʼlumotlarni ushbu havola orqali topish mumkin. 

Qo'shimcha ma'lumot

Loyiha haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni ushbu havola orqali yoshlari agentligining Telegram kanalidan topish mumkin. 

Dastur haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham topish mumkin:

-telegram;

-instagram;

-facebook;

-you tube.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligidan “Eko volontyorlar” oromgohi
12 May, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.