Tavsif
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Kasblar tanlovining ilk bosqichiga start berildi. Bu yilgi Kasblar tanlovi “Men kelajakman” shiori ostida 15-20-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Mamlakatimizning 9 452 ta mahallasidan yoshlar oʻz kuch va bilimlarini saralash bosqichida sinovdan oʻtkazadilar.
“Besh tashabbus olimpiadasi” nafaqat sport, taʼlim, intellektual oʻyinlar balki, kasblar boʻyicha ham isteʼdod egalariga maydon yaratgan.
Tanlov quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etiladi:
- Yosh quruvchi (suvoqchi);
- Dizaynerlik (tikuvchi):
- Elektromontaj;
- Novvoychilik;
- Payvandlash.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.