Yoshlar ishlari agentligidan iqtidorli yoshlar uchun toʻliq moliyalashtiriladigan  “Mehnatsevar” loyihasi
O‘zbekiston O‘zbekiston
06 Sen, 2023 · Muddat tugagan

Yoshlar ishlari agentligidan iqtidorli yoshlar uchun toʻliq moliyalashtiriladigan “Mehnatsevar” loyihasi

Yozgi maktab Bepul ishtirok

Tavsif

Yoshlar ishlari agentligi Boʻstonliq tumanining “Yoshlar oromgohi” da qashqadaryolik kelajak kasblarini mukammal oʻrganish istagida boʻlgan turli sohalarda faol, iqtidorli yoshlar uchun maxsus grantni eʼlon qiladi.

Grantning umumiy miqdori 200 ta, grant tarkibining 100 nafari xorijiy tillarga, 100 nafari IT sohalarida ilm olish imkonini taqdim etadi.

“Mehnatsevar” oromgohi Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani “Yoshlar” oromgohida tashkil etiladi.

Maʼlumot tariqasida, ushbu grant faqat qashqadaryolik yoshlar uchun maxsus ajratilmoqda.

Arizalar 2023-yilning 7-sentabrigacha qabul qilinadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 16 yoshdan kichik boʻlmagan, 30 yoshdan oshmagan;
  • Xorijiy tilni kamida B2 darajasida biladigan;
  • Zamonaviy IT kasblaridan boshlangʻich bilimlarga ega boʻlgan qashqadaryolik nomzodlar oʻz hujjatlarini taqdim etishlari mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Oromgohda tekin ishtirok etish;
  • Xorijiy tillar, IT va zamonaviy kasblarga yoʻnaltirilgan maxsus sessiyalarda ishtirok etish;
  • Master klasslar orqali amaliy bilimlarga ega boʻlish;
  • Sertifikat hamda qimmatbaho sovgʻalarni qoʻlga kiritish. 

Topshirish jarayoni

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi raqamlarga qoʻngʻiroq qilish mumkin:

(+99871) 200-55-05;

 (+99875) 221-07-60.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligidan iqtidorli yoshlar uchun toʻliq moliyalashtiriladigan “Mehnatsevar” loyihasi
06 Sen, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.