Tavsif
Ilk bora Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Ibrat farzandlari” va “Ustoz AI” loyihalari bosh hamkorligida “IQtidorli” yoshlar oromgohi loyihasiga start berilmoqda.
Loyiha maqsadi – yoshlarning ilm-fanga boʻlgan qiziqishini oshirish, STEM taʼlim yoʻnalishlari doirasidagi bilimlarini mustahkamlash va ular orasida yangi iqtidor egalarini kashf etishdan iborat.
Oromgohning 1-mavsumi 2024-yil 27-may-2-iyun kunlari, 2-mavsumi esa 3-9-iyun kunlari Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Yoshlar oromgohida boʻlib oʻtadi.
Dasturga arizalarni 2024-yil 15-maygacha topshirish mumkin.
Loyiha haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.