Tavsif
Yoshlar ishlari agentligi tibbiyot sohasidagi tadqiqotchi yosh ayol-qizlar uchun bepul 1 haftalik “Ilm-fan oromgohi” loyihasini taqdim etadi. Qabul qilingan ayol-qizlar 7 kunlik ushbu dasturda bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.
Dastur yosh ayol-qizlarning ilmiy tadqiqot ishlarini natijadorligini oshirish, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli tadqiqotchi qizlarni izlab topish, ragʻbatlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqishlarini orttirish, ilm-fanga jalb qilish maqsadida tashkil etilmoqda.
Loyiha 2024-yil 27-maydan 2-iyunga qadar Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida tashkil etiladi.
Dastur boʻyicha batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.