Tavsif
“Yoshlar ovozi” gazetasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi umumiy mukofot jamgʻarmasi 60 million soʻmlik tanlovni eʼlon qiladi. Dastur gʻoliblari noutbuk, smartfon yoki smart televizor sovrinlari bilan taqdirlanadi. Tanlov “Yoshlar ovozi” gazetasining 100 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan boʻlib, u yoshlar hayoti va faoliyatini yoritishga qaratilgan quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtadi:
- Eng yaxshi maqola;
- Eng yaxshi fotohikoya;
- Eng yaxshi video;
- Eng faol bloger.
Tanlovda har bir nominatsiya uchun umumiy mavzu yoshlar hayoti va faoliyatiga doir boʻlishi kerak. Yaʼni yurtimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati samaralari, kasb-hunari bilan tanilgan, qadr topgan yoshlar haqida yoxud bugungi kun yoshlari uchun dolzarb boʻlgan masalalar yoritilishi zarur. Ijodiy ishlarni qabul qilish joriy yil 4-apreldan 20-maygacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.