Yoshlar ishlari agentligidan zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni bepul oʻrganish imkonini beruvchi WeekieHogwarts oromgohi
O‘zbekiston O‘zbekiston
20 Sen, 2023 · Muddat tugagan

Yoshlar ishlari agentligidan zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni bepul oʻrganish imkonini beruvchi WeekieHogwarts oromgohi

Yozgi maktab Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʻtkazilayotgan “WikiStipendiya” loyihasining WeekieHogwarts oromgohi uchun qabul boshlandi. Loyiha 2023-yil 25 -30-sentyabr kunlari Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da oʻtkaziladi. Loyiha Edu Action Exams Centre va “Kelajak kasblari” loyihasi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.

Dasturda qatnashish orqali ishtirokchilar bir qator imkoniyatlarni qoʻlga kiritishi mumkin. Jumladan, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni bepul oʻrganish imkoniyati, hech qanday toʻlovlarsiz IELTS imtihonini topshirish, OTMlar uchun toʻlov summasini davlat tomonidan qoplab berilishi va qimmatbaho sovgʻalar.

Loyihada ishtirok etish istagida boʻlganlar 2023-yil 6-sentyabr soat 12:00 dan 20-sentyabr 23:59 ga qadar oʻzbekcha Vikipediyada yaratgan maqolalari orqali ishtirok etishlari mumkin.

Maʼlumot uchun: WeekieHogwartsyoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularning oʻzbek tili rivoji uchun hissa qoʻshish imkoniyatini koʻpaytirish va oʻz qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan loyiha hisoblanadi.  

Edu Action Exams Centre — Oʻzbekistondagi rasmiy IDP IELTS test markazi. 

“Kelajak kasblari” loyihasi —  yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini oʻrganishi va ularni xorijiy tillarga oʻqish xarajatlarini qoplashga qaratilgan loyiha.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Loyihada 11 yoshdan katta barcha qatnashishi mumkin;
  • Har bir talabgor kamida 15 maqola yaratish orqali ushbu loyihada ishtirok etish uchun bellashuvchilar safiga qoʻshiladi;
  • Loyihada qatnashish istagida boʻlganlar oʻzlari bilan shaxsiy kompyuter (laptop) olib kelishlari shart.

Topshirish jarayoni

  • Dasturda qatnashishni istaganlar 2023-yil 6-sentyabr soat 12:00 dan 20-sentyabr 23:59 ga qadar oʻz maqolalarini maxsus sahifaga yuklashlari kerak;
  • Maqolalar maxsus hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi;
  • Ishtirokchilar oʻzi haqidagi maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtish sahifasiga yuklashi lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Natijalar eʼlon qilingach, saralanganlar bilan loyiha tashkilotchilari bogʻlanadi;
  • Dastur haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni ushbu havola orqali olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 11

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligidan zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni bepul oʻrganish imkonini beruvchi WeekieHogwarts oromgohi
20 Sen, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.