Tavsif
“WikiStipendiya” — o‘zbekcha Vikipediyani rivojlantirish va bu orqali o‘zbek tilining mavqeini oshirishga qaratilgan loyiha.
“WikiStipendiya” jamoasi o‘ziga ishongan, katta loyihalarda o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan, yetakchilik qobiliyati kuchli yoshlarni loyihaning amaliyot dasturiga taklif qiladi.
Amaliyot dasturi uch oy davom etadi.
Tanlovning maqsadi:
- “WikiStipendiya” loyihasi uchun kuchli jamoa shakllantirish;
- iqtidorli yoshlarga o‘z iqtidorini sinab ko‘rishi uchun imkoniyat yaratish;
- kuchli yoshlar jamoasini shakllantirish hamda ular o‘rtasida ijtimoiy aloqa o‘rnatish;
- o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyati;
- yoshlarga katta loyihalarda qatnashish va o‘z loyihalarini boshlashlari uchun keng imkoniyatlar yaratish;
- ishtirokchilarning boshqaruv hamda boshqa amaliy salohiyatlarini oshirish;
- kelajakda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun qulay sharoit yaratish.
Bundan tashqari, jamoa bilan haftaning yakshanba kunlarida ko‘zga ko‘ringan kompaniyalarga biznes-turlar ham uyushtiriladi.
Amaliyotni muvaffaqiyatli tugatgan qatnashchilarga Yoshlar ishlari agentligida amaliyot o‘taganligi haqida sertifikat va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev tomonidan xalqaro stipendiya va xorijdagi oliy o'quv yurtlari uchun tavsiyanoma (recommendation letter) beriladi. Bular yordamida esa istalgan xalqaro stipendiya va universitetlarga ariza topshirishda ustunlikka ega bo‘lasiz.