Tavsif
"Yoshlar Ittifoqi" va "Yoshlar Ishlari Agentligi" tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan "INSPIRED GENERATION" volontyorlik loyihasi
Loyiha asoschilari:

Loyihaning asosiy maqsadi:
- aholi orasida temir daftarga kiritilgan oila farzandlariga;
- boquvchisini yoʻqotgan oila farzandlariga;
- moddiy tomondan ehtiyojmandligi boʻlgan;
- imkoniyati cheklangan yoki nogironligi boʻlgan oʻgʻil , qizlarga ularning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda qo'shimcha bepul ta'lim tizimini yaratishdan iborat;
- darslar mutlaqo bepul tashkil etiladi;
- ta'lim oluvchi shaxsda dars jarayonlariga borib qatnashishga jismoniy imkoniyati bo'lmasa, darslar uning uyida tashkillashtirish reja qilinmoqda.
Volontyorlardan talab qilinadigan jihatlar:
- biror bir sohada yaxshi bilimga ega, dars o‘tish, bolalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega yoshlar jalb qilinadi;
- darslar oflayn bo‘lishi reja qilinganligi sababli, agar o‘quvchilarni jismoniy imkoniyati yetishmasa (nogiron bo‘lsa) uylariga borib dars berish so‘raladi;
- Mas'uliyatli, ishini yaxshi ko‘radigan bo‘lishlari so‘raladi.
Eng faol volontyorlar "Yoshlar Ittifoqi" va "Yoshlar Ishlari Agentligi" tomonidan sertifikat va boshqa qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.