Tavsif
Butunjahon yoshlarini Oʻzbekistonda jamlovchi Global Youth festivali ilk bor 26-30-iyun kunlari Oʻzbekistonda 150 ta davlat yoshlariga oʻzaro fikr va tajriba almashish imkonini yaratish maqsadida tashkil etiladi.
Festival taʼlim, innovatsiya, IT, biznes, media, madaniyat, sanʼat, sport kabi yoʻnalishlarda nufuzli spikerlarni oʻz ichiga oladi. Festival Samarqand, Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida bir vaqtda oʻtkaziladi.
Dastur doirasida toʻliq, qisman grantlar ajratilgan, shuningdek, ishtirokchilar oʻz hisobidan ham qatnashishlari mumkin.
Dasturga qabul jarayoni 2024-yil 15-iyungacha davom etadi.