Yoshlar uchun yangi gʻoyalar va loyihalar tanlovi: UPSHIFT — 2026 loyihasi
O‘zbekiston O‘zbekiston
15 Fev, 2026 · Muddat tugagan

Yoshlar uchun yangi gʻoyalar va loyihalar tanlovi: UPSHIFT — 2026 loyihasi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

UPSHIFT — 2026 loyihasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv hab, Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi hamda UNICEF hamkorligida oʻtkazilmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi yoshlar gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash hisoblanib, unda gʻoya yoki kichik loyihasi mavjud 14-30 yosh oraligʻidagi nomzodlar jamoa (5-7 kishi) yoki yakka tartibda qatnashishlari mumkin. Dastur gʻoliblariga 15 million soʻm moliyaviy yordam, mentorlik koʻmagi hamda loyihani kengroq maydonda taqdim etish imkoniyati yaratiladi.

Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2026-yil 23-yanvardan 15-fevral soat 23:59 gacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda quyidagi nomzodlar qatnashishi mumkin:

  • 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar, jumladan nogironligi bor, kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan yoshlar, kollej va maktab oʻquvchilari hamda bitiruvchilar ishtirok etishlari mumkin;
  • Dasturda jamoa boʻlib (5-7 kishi) yoki yakka tartibda qatnashish mumkin. Jamoa kamida 5 kishidan, koʻpi bilan esa, 7 kishidan oshmasligi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dastur gʻoliblariga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

  • 15 million soʻm moliyaviy yordam;
  • mentorlik koʻmagi;
  • loyihani kengroq maydonda taqdim etish imkoniyati.

Topshirish jarayoni

Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2026 yil 15-fevral kuni soat 23:59 gacha davom etadi.

Maslahat! Turli koʻnikma va tajribaga ega ishtirokchilardan iborat jamoada ishlash loyiha samaradorligini oshiradi, individual ishtirokchilarga esa maslahat va fikr-mulohaza olish uchun mentorlar va ekspertlarni jalb etish tavsiya etiladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 14, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Yoshlar uchun yangi gʻoyalar va loyihalar tanlovi: UPSHIFT — 2026 loyihasi
15 Fev, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.