Tavsif
Mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilarining kasbiy malakasini oshirish, ularning bilim va koʻnikmalarini takomillashtirishga qaratilgan 5 kunlik “Yetakchi Camp 2026” Respublika oʻquv-seminari taqdim etiladi. Dastur Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston yoshlar yetakchilarini qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan tashkillashtirilmoqda.
“Yetakchi Camp”da tanlov asosida har oy saralangan 100 nafar yoshlar yetakchilari ishtirok etadi.
Tanlovning maqsadi quyidagilardan iborat:
- Yoshlar yetakchilarining kasbiy koʻnikmalarini mustahkamlash, ularning shaxsiy kompetensiyalarini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirishga tayyorlash;
- Yetakchilar ongi, qalbida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz!” gʻoyasini mustahkamlash, ularda vatanparvarlik hamda yurt taqdiriga daxldorlik tuygʻusini kuchaytirish;
- Ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, intellektual va professional salohiyatni oshirish hamda bu boradagi faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, tashabbuskorlik va yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish;
- Oʻzining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna boʻlayotgan yetakchilarni ragʻbatlantirish;
- Yuksak bilimli, professional kasbiy mahoratga ega boʻlgan isteʼdodli yosh kadrlarni aniqlash va rahbarlik lavozimlariga tayinlash hamda kadrlar zaxirasini shakllantirish.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.