Yoshlarni IT va biznes bo'yicha koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan “Skills Camp” loyihasi 2-mavsumi!
O‘zbekiston O‘zbekiston
16 Iyn, 2023 · Muddat tugagan

Yoshlarni IT va biznes bo'yicha koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan “Skills Camp” loyihasi 2-mavsumi!

Xalqaro musobaqalar To'liq moliyalash

Tavsif

Yoshlar ishlari agentligi yoshlarni turizm, IT, media, biznes, taʼlim, moliya, huquq, arxitektura sohalarida koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan 1 haftalik Skills Camp loyihasini eʼlon qiladi. Dastur yoshlarni yuqori talabdagi kasb-hunarga yoʻnaltirish va  kerakli koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Mehnatsevar loyihasi doirasidagi Skills Camp oromgohi 1-mavsumidan farqli ravishda, 2-mavsumda faqat ikkita yo'nalish qamrab olinadi: IT va biznes.

Loyihada ishtirok etish mutlaqo bepul. Ariza topshirganlar orasidan  jami 180 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Loyihada 14-19 yosh oraligʻidagi nomzodlar qatnashishi mumkin. Dasturda qatnashish uchun nomzodlarning  IELTSdan kamida 5.0 yoki shu darajaga teng CEFR yoki DET sertifikatlari boʻlishi zarur (biznes yo'nalishi uchun).

Roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2023-yil 16-iyungacha davom etadi. Saralash natijalari 18-iyun kuni eʼlon qilinadi. Oromgohga esa 20-iyun kuni erta tongda yoʻlga chiqiladi. 

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Loyihada 14-19 yosh oraligʻidagi nomzodlar qatnashishi mumkin;
  • Nomzodlar IT va biznes sohalaridan biriga qiziqishlari lozim;
  • Ishtirokchilar 1 haftalik oromgohda qatnashish uchun tayyor boʻlishlari kerak;
  • Dasturda qatnashish uchun nomzodlarning  IELTSdan kamida 5.0 yoki shu darajaga teng CEFR yoki DET sertifikatlari boʻlishi zarur (faqat biznes yo'nalishi uchun so'raladi).
  • IT yo'nalishi uchun IT bo'yicha bilimni tasdiqlaydigan/kursni bitirganlik haqida sertifikat talab qilinadi.

Eslatma: avvalgi mavsumda qatnashganlar dasturda qatnashish huquqiga ega emas.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin. 

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:

  • Dastur yoshlarni IT va biznes bo'yicha yuqori talabdagi kasb-hunarga yoʻnaltirish va  kerakli koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradi;
  • Loyiha ishtirokchilari 1 haftalik mutlaqo bepul oromgohga borish imkonini qoʻlga kiritishadi.

Topshirish jarayoni

Roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2023-yil 16-iyun, 15:00 gacha davom etadi. Dasturdagi quyidagi yoʻnalishlardan birini tanlab ishtirok etish mumkin:

-IT;

-Biznes.

Ariza topshirganlar orasidan jami 180 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Roʻyxatga oʻtish ushbu havola orqali amalga oshiriladi.

Saralash haqida ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin. 

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur bo'yicha eng ko'p beriladigan savollarga ushbu havola orqali javob topish mumkin.

Dastur telegram sahifasi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 14, Max: 19

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Yoshlarni IT va biznes bo'yicha koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan “Skills Camp” loyihasi 2-mavsumi!
16 Iyn, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.