Yoshlarning buguni va kelajagini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan VoiceUp – 2026 dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
24 Fev, 2026 · Muddat tugagan

Yoshlarning buguni va kelajagini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan VoiceUp – 2026 dasturi

Amaliyot To'liq moliyalash

Tavsif

VoiceUp — Ijtimoiy faol va tashabbuskor yoshlarning ovozini eshitish, ularni amaliy oʻzgarishlar markaziga olib chiqish uchun yaratilgan inklyuziv maydon hisoblanadi. VoiceUp 2026 bolalarning buguni va kelajagini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tashabbus va yechimlarni ishlab chiqishga yoʻnaltiradi. Dastur doirasida qatnashchilarga bir qator imkoniyatlar yaratiladi. Loyihaning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

• bolalar kambagʻalligiga qarshi kurash va “ijtimoiy lift” mexanizmlari;

• alohida ehtiyojli bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy faollikni oshirish;

• oʻsmirlar: xavflarni imkoniyatlarga aylantirish;

• xavfsiz va baxtli bolalik, bolalarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish;

• avlodlar oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash (ota-ona va farzandlar).

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Loyihada ijtimoiy faol va tashabbuskor 16 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning quyidagi foydali tomonlari mavjud:

  • Seminar-treninglar va ideatonlar orqali bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish;
  • Tajribali mentorlar, milliy va xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar hamda ochiq muloqotlar;
  • Real ijtimoiy va kreativ loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga yoʻnaltirish;
  • Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlik qilish va stajirovka oʻtash imkoniyati.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish jarayoni quyidagicha:

  1. Onlayn platforma orqali roʻyxatdan oʻting;
  2. Saralash va suhbat bosqichlarida ishtirok eting;
  3. Hududiy inklyuziv yoshlar oromgohida qatnashing;
  4. Eng yaxshi gʻoya egalari xalqaro oromgohida ishtirok etadi.

Dasturga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16, Max: 25

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Yoshlarning buguni va kelajagini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan VoiceUp – 2026 dasturi
24 Fev, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.