Young Analytics Development Project loyihasida Data Science bo'yicha volontyorlik qilish imkoniyati
O‘zbekiston O‘zbekiston
11 Apr, 2022 · Muddat tugagan

Young Analytics Development Project loyihasida Data Science bo'yicha volontyorlik qilish imkoniyati

Volontyorlik Bepul ishtirok

Tavsif

Young Analytics Development Project (YADP) – Young Leaders Development Project (YLDP) tashkilotining yangi loyihalarida biri. Ushbu loyiha Oʻzbekistonning Barqaror Taraqqiyot Maqsadlariga erishishini qoʻllab-quvvatlash hamda davlat va xususiy sektor, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarning mutasaddi shaxslarini aniq maʼlumotlar bilan taʼminlashga qaratilgan loyihasi hisoblanadi.

O‘zbekistondagi tashkilotlarda yuqori sifatli ma’lumotlar bazalari mavjud emas, bu esa o'z navbatida, ma'lumotlar almashish (trasfer), ularni baholash jarayonlarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham YADP Oʻzbekistonda Data Scienceni rivojlantirish maqsadida ishga tushirildi.

Loyihaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

1. O'zbekistonda Data Science bo'yicha xabardorlikni oshirish;
2. Data Science sohasida iqtidorli yoshlarning kuchli hamjamiyatini yaratish;
3. Loyihani O‘zbekistonda ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish uchun ijtimoiy vositalardan/institutlardan biriga aylantirish;
4. O'zbekistonda Barqaror Rivojlanish Maqsadlari milliy yutuqlarining statistik ko'rsatkichlarini o'lchash.

Hozirda ushbu loyihada ishtirok etish uchun tajribali volontyorlar qidirlmoqda. Volontyorlik harakatida faol bo'lgan ishtirokchilarni ko'plab imkoniyatlar, shu bilan birga, bepul sertifikalar kutmoqda.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlarga qo'yilgan talablar:

  • Dasturda 30 yoshdan kichik bo'lgan va shu sohaga qizqiqqan barcha ko'ngillilar ishtirok eta oladi;
  • O'zbek, rus, va ingliz tillarini bilish tavsiya etiladi. Sertifikat talab etilmaydi.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dastur ishtirokchilariga berilgan imkoniyatlar:

  • Ishtirokchilar volontyorlik tajribasiga ega bo'lishdan tashqari, Data Science bo'yicha o'z bilim va ko'nikmalarini yanada oshiradilar;
  • Data Science sohasidagi malakali mutaxassislar bilan tanishish va aloqa o'rnatish imkoniyatiga ega bo'ladi;
  • Volontyorlik harakatida faol ishtirok etganligi uchun ishtirokchilar bepul sertifikat bilan rag'batlantiriladi;
  • Turli akseleratorlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi;
  • “PR”, “Forum va tanlov”, “Grantlar va networking” yo'nalishlarida o'z tajribalarini oshiradilar.

Dastur manfaatli jihatlari bilan batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Volontyorlik harakatida ishtirok etish uchun ushbu onlayn ariza shaklini to'ldirish talab etiladi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dastur 2022-yil 23-apreldan 25-iyulga qadar davom etadi.
  • Ariza topshirish so'nggi muddati – 2022-yil 12-aprel.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Volontyorlik

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili, O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Young Analytics Development Project loyihasida Data Science bo'yicha volontyorlik qilish imkoniyati
11 Apr, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.