Tavsif
Xalqaro siyosiy iqtisodiyot markazi (The Centre for International Political Economy) Young Economic Forum dasturini eʼlon qiladi. Dastur 2026-yilning 19-21-aprel kunlari, Ispaniyaning Madrid shahrida boʻlib oʻtadi. Dastur butun dunyodan boʻlgan olimlar, talabalar, yosh yetakchilar, iqtisodchilar va siyosatchilarni bir joyga jamlaydi. Forum quyidagi 6 xil mavzu doirasida boʻlib oʻtadi:
- Global iqtisodiy trendlar va kelajakdagi muammolar;
- Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya;
- Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot;
- Iqtisodiy chidamlilik va inqirozni boshqarish;
- Yoshlar iqtisodiy siyosat va taraqqiyotning boshqaruvchilari sifatida;
- Shimol-janub hamkorligi va mintaqaviy iqtisodiy integratsiya
Dasturda ikki kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin boʻlib, birinchi kategoriya qatnashchilari uchun barcha xarajatlari qoplab beriladi. Ikkinchi kategoriya qatnashchilari dasturda qatnashish uchun $750 miqdorida badal puli toʻlashlari kerak boʻladi.
Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2026-yil 25-fevralgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.