35 yoshdan kichik barcha tadqiqotchilar uchun YUNESKOdan “Ipak yoʻli yoshlar tadqiqotlari granti” tanlovi
Xitoy Xitoy
30 May, 2023 · Muddat tugagan

35 yoshdan kichik barcha tadqiqotchilar uchun YUNESKOdan “Ipak yoʻli yoshlar tadqiqotlari granti” tanlovi

To‘liq taʼlim Qisman moliyalash

Tavsif

YUNESKO ishlari boʻyicha Xitoy Xalq Respublikasi Milliy komissiyasi hamkorligida YUNESKOning “Yoshlar uchun ipak yoʻli ilmiy-tadqiqot granti” tanlovi hisoblanadi. Grant maqsadi yosh tadqiqotchilarni Ipak yoʻllari umumiy merosini yana-da chuqurroq oʻrganish uchun safarbar etish va ragʻbatlantirishdan iborat.

Tadqiqotlar quyidagi sohalarga bagʻishlangan boʻlishi mumkin:

  • Fan va texnologiya hmada an'anaviy "nou-xau";
  • Din va ma'naviyat;
  • Til va adabiyot;
  • San'at va musiqa;
  • An'anaviy sport va o'yinlar;
  • Iqtisodiyot va savdo;
  • Ipak yo‘llari merosi va zamonaviy muammolar.

Ajratilgan grantlar soni - 12 ta.

Grantning birinchi turida gʻolib boʻlgan tadqiqot loyihalarini bu yerda, ikkinchi turidagilarni esa bu yerda koʻrish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 35 yoshdan kichik bo'lgan, Ipak yo'li bilan bog'liq mavzularda tadqiqot qiluvchi barcha ariza berishi mumkin;
  • Taklif etilayotgan tadqiqot individual tarzda tadqiqotchi tomonidan olib borilishi, guruh yoki hamkorlikdagi loyiha tarzida boʻlishi mumkin.

Dastur talablari bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tadqiqot sohalarining keng doirasi, shu jumladan, maʼlum bir mintaqa yoki xronologiya bilan cheklanmagan koʻp tarmoqli va koʻp oʻlchovli takliflar qabul qilinadi. Taklif qilinayotgan tadqiqotlar Ipak yoʻllari umumiy merosi bilan bogʻliq boʻlgan bir yoki bir nechta mavzularni qamrab olishi mumkin.

  • Taklif etilayotgan tadqiqotlar 10 ming AQSh dollarigacha moliyalashtirilishi mumkin. 12 ta grant ajratadi.

Topshirish jarayoni

Hujjat topshiruvchilar oʻz tadqiqotlari, uning usullari, kutayotgan natijalari va mavjud muammolarga qoʻshgan hissasi haqida batafsil maʼlumot berilgan namunani toʻldirib, oʻzlarining ilmiy ishlarini taqdim etishlari lozim. 

Barcha ma'lumotlar ingliz tilida taqdim etilishi kerak va silkroadsgrant@unesco.org manziliga yuborilishi kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

Ipak yoʻllarini oʻrganish bilan bogʻliq turli sohalarda ishlaydigan 9 ta taniqli xalqaro ekspert va dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan akademiklar guruhidan tashkil topgan ilmiy guruh bahosi asosida takliflar koʻrib chiqiladi va grantlar beriladi. Grant sovrindorlari roʻyxati 2023-yil oktyabr oxirida eʼlon qilinadi.

Tadqiqotlar Ipak yo'li bilan bog'liq madaniy, tarixiy masalarga qaratilgan fanlararo mavzularda boʻlishi ham mumkin.

Eslatma: YUNESKO zarurat tugʻilganda, grant qonun-qoidalarini oldindan ogohlantirmasdan oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Qo'shimcha savollar uchun: silkroads@unesco.org 

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT

Xitoy 35 yoshdan kichik barcha tadqiqotchilar uchun YUNESKOdan “Ipak yoʻli yoshlar tadqiqotlari granti” tanlovi
30 May, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.