Tavsif
YUNESKO Fransiyaning Parij shahridagi bosh qarorgohi “Ipak yoʻllarini kashf etish” deb nomlangan Youth Eyes on the Silk Roads foto tanlovni eʼlon qiladi.
Tanlovda 14 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan barcha davlat vakillari ishtirok etishlari mumkin. Dastur uchun qabul 2024-yilning 1-mayidan 14-iyuligacha davom etadi. Natijalar esa joriy yilning sentyabr oyida eʼlon qilinadi.
Tanlovda ikki yosh kategoriyasi mavjud:
- 14 dan 17 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar;
- 18 dan 25 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar.
Dasturga 20 tagacha foto joʻnatish imkoniyati mavjud. Tanlovda “Hayot bayramlari orqali Ipak yoʻllarini ochib bering” ("Reveal the Silk Roads" through ‘Life Celebrations’ mavzusiga mos rasmlar qabul qilinadi. Dastur so'nggida 6 kishi saralab olinadi va sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.