Yuqori sinf oʻquvchilari, kollej/akademik litsey va universitet talabalari uchun IWSH insholar tanlovi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
30 Apr, 2026 · Muddat tugagan

Yuqori sinf oʻquvchilari, kollej/akademik litsey va universitet talabalari uchun IWSH insholar tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar, akademik litsey oʻquvchilari hamda universitet talabalari uchun “Why should the government and private sector come together to provide improved access to safe sanitation?” mavzusida ingliz tilida insho yozib tanlovda qatnashish imkoniyati.

Tanlov har yili oʻtkazib kelinadi va bu yilgi gʻoliblarga quyidagicha mukofot: birinchi oʻrin uchun — $2000 mukofot, ikkinchi oʻrin uchun — $1000 mukofot puli beriladi. Insholar The Sandra Imprescia Essay Scholarship Committee tomonidan koʻrib chiqiladi va 2026-yil kuzda eʼlon qilinadi. Oʻtgan 2025-yil insho gʻoliblari haqida ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Insho qabul qilishning oxirgi vaqti 2026-yil 30-aprel boʻlsa-da, tanlovga eng birinchi yuborilgan 300 ta insho qabul qilinadi va keyin arizalar qabuli toʻxtatiladi. Batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovga barcha davlat fuqarolari ariza yuborishlari mumkin;
  • Maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej/litsey oʻquvchilari hamda universitet talabalari qatnashishlari mumkin;
  • Ariza topshiruvchilar oʻqishga kirganligi/oʻqiyotganligi haqida hujjat va baholari koʻrsatilgan maʼlumotnoma taqdim etishi kerak;
  • Tanlovga insholar ingliz tilida qabul qilinadi.

Eslatma: Tanlovga dastlabki 300 ta insho qabul qilinadi, ertaroq va tezroq topshirish tavsiya etiladi.

Tanlov talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumotga ega boʻlish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlovda gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

1-oʻrin faqat 1 ta o‘quvchi/talabaga beriladi:

  • $2000 mukofot puli beriladi;
  • IWSH rasmiy saytida inshosi eʼlon qilinadi;
  • Bir yil davomida IAMPO aʼzosi boʻlish imkoniyati beriladi.

2-oʻrin uchta o‘quvchi/talabaga beriladi:

  • $1000 mukofot puli beriladi;
  • IWSH rasmiy saytida inshosi eʼlon qilinadi.

Tanlov imkoniyatlari haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Insholar quyidagi talablarga toʻliq mos kelishi kerak, toʻliq boʻlmagan maʼlumotlar qabul qilinmaydi:

  1. Insholar “Why should the government and private sector come together to provide improved access to safe sanitation?” mavzusida yozilgan va muallifning shaxsan oʻziga tegishli boʻlishi kerak;
  2. Topshirilayotgan ishlarning har bir asosiy betida talabaning ism-familiyasi, telefon raqami va elektron pochta manzili koʻrsatilgan boʻlishi kerak;
  3. Insho 800-1600 soʻzdan iborat boʻlishi kerak. Izohlar, havolalar yoki iqtiboslar asosiy soʻzlar qatorida hisoblanmaydi;
  4. Bitta talaba faqat bitta insho yuborishi mumkin va insho ingliz tilida qabul qilinadi;
  5. Insho Microsoft Word (.doc yoki .docx) formatida topshirilishi kerak, boshqa formatdagi insholar qabul qilinmaydi;
  6. Inshoga qoʻyilgan texnik talablar:
  • Shrift — Times New Roman, 12;
  • Interval — 2;
  • Kompyuterda yozilgan yaʼni type qilingan boʻlishi;
  • Inshoning barcha qismlarida tepasi, pasti, chap va oʻng yonida 1 inch=2.54 sm masofa boʻlishi kerak.

   7. Insholar 2026-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi;

   8. Insholarni ushbu havola orqali barcha talablarga javob bergan holda yuborishi soʻraladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha savollarni essay@iwsh.org elektron manziliga yuborish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Yuqori sinf oʻquvchilari, kollej/akademik litsey va universitet talabalari uchun IWSH insholar tanlovi
30 Apr, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.