Tavsif
American University of Central Asia tomonidan boshqariladigan C5+1 Youth Council tashabbusi bilan O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashish, yorqin kelajakni birga qurish maqsadida yuqori sinf o‘quvchilari va talabalar uchun The Youth Against Extremism loyihasi tashkillashtiriladi. Dastur 2025-yilning 4-5-6-iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Dastur tili ingliz tili hisoblanadi. Unda O‘zbekistonda istiqomat qiladigan va ingliz tilida o‘qitiladigan maktab yuqori sinf o‘quvchilari yoki universitet talabalari qatnashishlari mumkin.
Dasturga jami 30 ta nomzod saralab olinadi. Shundan 24 tasi Toshkent shahridan, qolgan 6 tasi esa viloyatlardan tanlanadi. Viloyatdan keladigan nomzodlarning turar-joy va yo‘l xarajatlari dastur tomonidan qoplanadi.
Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 21-may O‘zbekiston vaqti bilan 22:59 gacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali qo'shimcha ma'lumot olish mumkin.