Yuqori sinf o‘quvchilari va talabalar uchun Toshkent shahrida barcha xarajatlari qoplanadigan munozara musobaqasi - Central Asian Youth Vision Debate Tournament
O‘zbekiston O‘zbekiston
24 May, 2025 · Muddat tugagan

Yuqori sinf o‘quvchilari va talabalar uchun Toshkent shahrida barcha xarajatlari qoplanadigan munozara musobaqasi - Central Asian Youth Vision Debate Tournament

Xalqaro musobaqalar To'liq moliyalash

Tavsif

C5+1 Youth Council tashabbusi bilan tashkillashtirilayotgan Central Asian Youth Debate Tournament tanlovi maktabning yuqori sinf o‘quvchilari va universitet talabalari uchun mo‘ljallangan. 2025-yilning 8-9-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan ikki kunlik tanlov doirasida hududiy xavfsizlik masalalari, nutq erkinligi hamda madaniyatlararo hamkorlini saqlab qolgan holda SI faoliyati haqida bahs va munozaralar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, dastur doirasida parlament usulidagi bahslarda tanqidiy fikrlash hamda jamoaviy nutq so‘zlash malakalarini shakllantirish bo‘yicha seminarlar olib boriladi. Dastur ingliz tilida olib boriladi, tanlovning birinchi kuni Workshops (seminarlar), ikkinchi kuni esa Debate Tournament (bahslar turniri) uchun ajratilgan. 

Dasturga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 2025-yil 24-may, O‘zbekiston vaqti bilan soat 23:59 gacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali to‘liq ma’lumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda yuqori sinf (10-11-sinf) o‘quvchilari hamda universitet talabalari ishtirok etishlari mumkin;
  • O‘zbekiston, Markaziy Osiyo davlatlari yoki Afg‘oniston fuqarolari tanlovda qatnashishlari mumkin;
  • Tanlovda juft, ya’ni ikki kishilik jamoada ishtirok etish lozim. 

Imtiyozlar va qulayliklar

Quyidagi ishtirokchilarning turar-joy va yo‘l xarajatlari dastur ma’muriyati tomonidan qoplanadi:

  • Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan ishtirokchilar;
  • Toshkentdan tashqarida yashaydigan O‘zbekiston fuqarolari;
  • O‘zbekistonda yashaydigan Afg‘oniston va Turkmaniston fuqarolari. 

Topshirish jarayoni

Dasturga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 2025-yil 24-may, O‘zbekiston vaqti bilan soat 23:59 gacha davom etadi. Dasturga juft bo‘lib, ya’ni ikki kishilik jamoalarda qatnashish lozim. O‘rinlar soni cheklangan va saralashn jarayonida birinchi ro‘yxatdan o‘tgan jamoalarga ustunlik beriladi. 

Dasturda qatnashish uchun ushbu havola orqali kirib, kerakli ma’lumotlarni to‘ldirish lozim. 

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Yuqori sinf o‘quvchilari va talabalar uchun Toshkent shahrida barcha xarajatlari qoplanadigan munozara musobaqasi - Central Asian Youth Vision Debate Tournament
24 May, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.