Tavsif
Central Asian Youth Cup 2022 bu ikki kun davomida (17-18-dekabr) Qirgʻizistonning Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan munozara turniri hisoblanadi. Dastur Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish salohiyati (Media literacy in Central Asia and Afghanistan) mavzusida boʻlib oʻtadi. Munozara davomida soha boʻyicha mutaxassis va ishtirokchilar bilan seminarlar va munozaralar olib boriladi. Ishtirokchilar oʻz tajribalari va dunyoqarashlarini oshirish, Markaziy Osiyo yoshlari bilan fikr almashish, tahlil qilish, tanqidiy fikrlash va jamoa oldida nutq soʻzlash imkoniyatini qoʻlga kiritishadi.
Dasturda ingliz tiliga chuqurlashtirilgan yuqori sinf oʻquvchilari hamda talabalar qatnashishlari lozim. Munozara ingliz tilida olib boriladi. Saralab olingan maʼlum bir ishtirokchilarning turar-joy va yoʻl xarajatlari qoplab beriladi. Dasturga ariza qabul qilish jarayoni 2022-yil 10-dekabrgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.