Yuqori sinfdagi maktab o'quvchilari uchun matematikva va fizikidan olimpiada. G'olib INHAda grant asosida o'qiydi!
O‘zbekiston O‘zbekiston
27 Okt, 2022 · Muddat tugagan

Yuqori sinfdagi maktab o'quvchilari uchun matematikva va fizikidan olimpiada. G'olib INHAda grant asosida o'qiydi!

Xalqaro musobaqalar To'liq moliyalash

Tavsif

Koreyadagi INHA universiteti va O'zbekistondagi IUT Koreya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi taʼlim sohasidagi hamkorlik va doʻstlikni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston oʻrta maktab oʻquvchilari oʻrtasida matematika/fizika tanlovini oʻtkazmoqda.

A'lo baholarga ega bo'lgan talabalar Inha universitetida to'rt yillik stipendiya talabasi sifatida tanlanadi va Koreyada o'qish imkoniyati beriladi. Shuningdek, boshqa turli stipendiya imtiyozlari va esdalik sovg'alari taqdim etiladi.

Dastur haqida batafsil rasmiy broshyurada o'qish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

INHA-IUT matematika-fizika tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi talablarga javob berish kerak:

  • 2023/2024 yillarda oʻrta maktabni tamomlaydigan oʻzbekistonlik oʻrta maktab oʻquvchilari (abituriyent ham, abituriyentning ota-onasi ham koreys boʻlmasligi kerak)

Eslatma: Olimpiadada qatnashish uchun ajratilgan son cheklangan:

  • Tabiiy fanlar va muhandislik (matematika va fizika) — 400 kishi
  • Ijtimoiy fanlar va gumanitar fanlar (faqat matematika) — 400 kishi.

Ariza toʻlovini toʻlash vaqtiga qarab har bir toifa boʻyicha 400 ta birinchi kelgan qatnashchilargina roʻyxatga olinadi.

Ariza toʻlovi: 200 000 soʻm (Ariza toʻlovi qaytarilmaydi)

Imtiyozlar va qulayliklar

Taqdirlanish:

  • 1-oʻrin (1 kishi: 90-100 ball orasida) — Koreyadagi INHAda oʻqishi uchun 4 yillik grant, bepul yotoqxona va 300 000 von oylik stipendiya + Samsun Galaxy Tab; Toshkentdagi INHAda oʻqishi uchun 4 yillik grant va bepul yotoqxona + Samsun Galaxy Tab.
  • 2- oʻrin ( 1 kishi: 85-100 ball orasida) — Koreyadagi INHAda oʻqishi uchun 4 yillik grant + Samsun Galaxy Tab; Toshkentdagi INHAda oʻqishi uchun 4 yillik grant + Samsun Galaxy Tab.
  • 3- oʻrin uchun (5 kishi: 80-100 ball orasida) — Koreyadagi INHAda oʻqishi uchun 2 yillik grant + Samsun Galaxy Tab.
  • Ragʻbatlantiruvchi oʻrin (10 kishi: 75-100 ball orasida) — Koreyadagi INHAda oʻqishi uchun 1 yillik grant + suvenir.

Topshirish jarayoni

Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar:

a. fotosurat (3,5 X 4,5, maksimal 2 MB, oq fon);

b. Qatnashchi va ota-onasining pasporti (yoki ID kartalari) nusxasi;

c. Oʻrta maktabda oʻqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma nusxasi;

d. Oilaviy rishtalar oʻrnatilganiligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Toshkent shahridagi INHA universiteti bosh sahifasi: http://www.inha.uz;
  • Telefon: +998 71 289 99 99 (ichki 0132);
  • Elektron pochta manzili: admissions@inha.uz;
  • Ish vaqti: dushanbadan jumagacha, 9:30 dan 17:30 gacha.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Yuqori sinfdagi maktab o'quvchilari uchun matematikva va fizikidan olimpiada. G'olib INHAda grant asosida o'qiydi!
27 Okt, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.