Tavsif
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining(YXHT) Bishkekdagi akademiyasi 2002-yilda Qirg‘iziston hukumati va YXHT tomonidan tashkil etilgan jamoat fondi bo‘lib, YXHT Akademiyasi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, ilmiy tadqiqotlar va intellektual almashinuv orqali YXHT tamoyillari va qadriyatlarini ilgari surib kelayotgan tashkilot sanaladi. Uning “Iqtisodiy boshqaruv va taraqqiyot” va “Siyosat va xavfsizlik (Markaziy Osiyo)”, Inson huquqlari va barqarorlikyo‘nalishlaridagi magistratura dasturlari har yili yuqori raqobat asosida jami 60 nafargacha talabani qabul qiladi.
Dastur siyosiy fanlar, xavfsizlikni o‘rganish, xalqaro munosabatlar, nizolarning oldini olish, xalqaro rivojlanish tadqiqotlari, iqtisod va yaxshi boshqaruv masalalari bo‘yicha o‘z ta’limini kengaytirish istagida bo‘lgan yosh mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
Dasturga qabul qilinganlarning kontrakt puli, yo‘l xarajatlari qoplanadi hamda oylik stipendiya bilan ta’minlanadilar.
Dastur tili: ingliz tili.