Zamonaviy dunyodagi muammolarni hal etish boʻyicha umumiy mukofot jamgʻarmasi $50,000gacha boʻlgan Fishbowl challenge tanlovi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
08 Iyl, 2022 · Muddat tugagan

Zamonaviy dunyodagi muammolarni hal etish boʻyicha umumiy mukofot jamgʻarmasi $50,000gacha boʻlgan Fishbowl challenge tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Fishbowl Challenge butun dunyo boʻylab oliy taʼlim talabalarini quyidagi 5 ta muhim sohada zamonamizning dolzarb muammolarini hal qilish uchun birlashtiradi:

  • Qishloq xoʻjaligi (Agriculture)
  • Sogʻliqni saqlash (Healthcare)
  • Iqtisodiyot (Economic empowerment)
  • Qayta tiklanuvchi energiya va barqarorlik (Renewable energy & sustainability)
  • Taʼlim texnologiyasi (Education technology)

Dasturga 100 nafar nomzod qabul qilinadi va ular oʻz qiziqishlariga qarab guruhlarga boʻlinadi. Oʻz guruhlarida ishtirokchilar biror loyiha ustida ish olib boradilar va uni namoyish etadilar.

Dastur 6 oy davom etadi.

Tanlovda gʻolib boʻlgan guruhlar 50,000 AQSh dollarigacha boʻlgan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Oldingi yillardagi ishtirokchilarning fikrlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Tanlovda millati, irqi va dinidan qatʼi nazar dunyo boʻylab barcha mamlakat fuqarolari qatnasha oladi;
  • Universitetda oʻqiyotgan bakalav va magistratura talabalari hamda 2022-yil 1-sentyabr holatiga koʻra universitetga qabul qilganlar ushbu dasturda qatnasha oladi;
  • Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishlari lozim;
  • Dasturda guruh bo'lib qatnashish mumkin emas. Yakka tartibda saralangan ishtirokchilar keyinchalik guruhlarga biriktiriladi;
  • Har bir qatnashchidan tavsiyanoma talab etiladi. Ariza beruvchilar tavsiya qiluvchining ismi va aloqa maʼlumotlari (contact information)ni taqdim etishlari kerak. Tavsiyanomalar oʻqish, ish yoki boshqa loyihalar boʻyicha boʻlishi lozim. Nomzodning oila aʼzolari yoki doʻstlari nomidan boʻlishi mumkin emas.

Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Gʻolib deb topilgan jamoalar $50,000 gacha boʻlgan pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
  • Bundan tashqari nomzodlar global miqyosda turli xil jamoaning bir qismi boʻlish va ijtimoiy oʻzgarishlarni yaratish uchun oʻzlarining noyob tajribasi va koʻnikmalari bilan oʻrtoqlashish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun nomzodlardan ushbu havola orqali ariza shaklini toʻldirishlari soʻraladi.

Yuqoridagi forma bilan muammoga duch kelganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Ariza topshirishning soʻngi muddati 2022-yil 8-iyul.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Zamonaviy dunyodagi muammolarni hal etish boʻyicha umumiy mukofot jamgʻarmasi $50,000gacha boʻlgan Fishbowl challenge tanlovi
08 Iyl, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.