Zamonaviy kasblarni egallamoqchi boʻlgan 100 nafar qizlar uchun “Digital Girls” loyihasi
O‘zbekiston O‘zbekiston
31 May, 2022 · Muddat tugagan

Zamonaviy kasblarni egallamoqchi boʻlgan 100 nafar qizlar uchun “Digital Girls” loyihasi

Xalqaro musobaqalar Bepul ishtirok

Tavsif

Andijon viloyati hokimligi, AKT vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi va Digital city jamoasi qizlarga kelajak kasblari asoslarini oʻrgatish maqsadida “Digital Girls” loyihasiga start bermoqda.

Loyiha quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:

  • SMM asoslari;
  • Grafik dizayn;
  • 3D dizayn;
  • Dasturlash;
  • BPO(Logistika).

Dastur doirasida 100 nafar qizlar kelajak kasblariga oid bilimlarni bepul oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladi. Dasturga ishtirokchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun talablar:

  • Dasturda SMM asoslari, grafik dizayn, 3D dizayn, dasturlash, BPO(Logistika) kabi sohalarga qiziquvchi qizlar ishtirok etishi mumkin;
  • Darslar Andijon viloyatida boʻlib oʻtadi va ishtirokchilar ushbu oflayn darslarda qatnasha olishi kerak.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlovdan oʻtgan va loyihani yuqori ballarga tamomlagan qizlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladilar:

  • “Digital Girls” loyihasidagi kurslardan birida bepul ishtirok etish;
  • IT sohasida oʻz yoʻnalishini topish;
  • Malaka diplomlarisiz kasb tanlash;
  • Masofadan turib pul ishlash imkoniyati (freelance);
  • Startap shaklida ijtimoiy loyihalarni boshlash;
  • Marketing koʻnikmalariga ega boʻlish.

“Digital Girls” loyihasi boʻyicha 100 nafar qizlarni grant asosida oʻqitish reja qilingan.

Dastur imkoniyatlari bilan batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ishtirokchilar 2 bosqichli tanlov asosida saralab olinadi:

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha murojaatlar uchun:

  • Telefon raqam: 55 201 21 21
  • Manzil: Andijon shahri, Boburshoh koʻchasi, 2-uy.

Dastur haqida batafsil ushbu rasmiy telegram kanal orqali maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Zamonaviy kasblarni egallamoqchi boʻlgan 100 nafar qizlar uchun “Digital Girls” loyihasi
31 May, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.