“Ziyo Forum” fondidan “Ziyolilar” almanaxi uchun 100 ta eng yaxshi maktab sardorlari tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
16 Okt, 2023 · Muddat tugagan

“Ziyo Forum” fondidan “Ziyolilar” almanaxi uchun 100 ta eng yaxshi maktab sardorlari tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Birinchi qoʻngʻiroq munosabati bilan “Ziyo Forum” fondi uzoq kutilgan 100 ta eng yaxshi maktab sardorlarini aniqlaydigan tanlovni eʼlon qiladi. Dastur doirasida maktablarning iqtidorli va isteʼdodli oʻquvchilariga bagʻishlangan “Ziyolilar” almanaxini nashr etish rejalashtirilgan.

Tanlov taʼlim tizimini yanada rivojlantirish, iqtidorli maktab oʻquvchilarini aniqlash, ularni rivojlantirish va mamlakatimizda taʼlim tizimini takomillashtirishga xizmat qiluvchi dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan.

Saralash “Ziyo Forum” vakillaridan iborat komissiya tomonidan amalga oshirildi va munosib deb topilgan nomzodlar bilan aloqaga chiqiladi.

Maʼlumot uchun: “Yoshlar oyligi” uchun ajratilgan fondning ikkinchi nashri fan, sport, ijod, ixtiro va ijtimoiy faoliyatda oʻzini koʻrsatgan 100 nafar eng yaxshi talabalarga, birinchi nashri esa Oʻzbekiston yosh olimlariga bagʻishlangan edi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda barcha maktab oʻquvchilari qatnashishi mumkin;
  • Nomzodlar taʼlim sohasida muvaffaqiyatga erishgan boʻlishi kerak.

Saralash quyidagi mezonlarga asoslanib oʻtkazildi:

  • Oʻquvchi hikoyasining oʻziga xosligi;
  • Muvaffaqiyatlar va yutuqlari;
  • Loyiha va ishlanmalari;
  • Nomzodning oʻzi amalga oshirishga tayyor boʻlgan kelajakdagi loyihalari boʻyicha gʻoyalari va rejalari.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlovda bepul qatnashish mumkin;
  • Ishtirokchilarning hikoyasi “Ziyolilar” almanaxida nashr etiladi;
  • Saralanganlar roʻyxati fondning ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qilinadi.

Topshirish jarayoni

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar Telegram bot orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston “Ziyo Forum” fondidan “Ziyolilar” almanaxi uchun 100 ta eng yaxshi maktab sardorlari tanlovi
16 Okt, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.