Kimyo Girls: Ziyo Forumdan bakalavr va magistratura bosqichi talaba qizlari uchun kimyo fanidan respublika olimpiadasi
O‘zbekiston O‘zbekiston
25 Fev, 2025 · Muddat tugagan

Kimyo Girls: Ziyo Forumdan bakalavr va magistratura bosqichi talaba qizlari uchun kimyo fanidan respublika olimpiadasi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Ziyo Forum D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnika universitetining Toshkent filiali bilan hamkorlikda butun Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba qizlar uchun kimyo fanidan Kimyo Girls respublika olimpiadasini taqdim etadi. Olimpiada gʻoliblari pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.

Dasturdan maqsad kimyo fanidan iqtidorli qizlarni jalb etish va qoʻllab-quvvatlashdir. Olimpiada kimyo fanida bilim, ijodkorlik va tadbirkorlikni namoyish etish uchun noyob platformani taklif etadi.

Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat:

1-bosqich. Test sinovlari

Eng yuqori natijaga erishgan 20 nafar nomzod tanlab olinadi.

2-bosqich. Laboratoriya ishi

10 nafar eng yaxshi nomzod final bosqichiga yo‘l oladi.

3-bosqich. Loyihani himoyasi

Ishtirokchilar o'z loyihasini yakka tartibda himoya qiladilar.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Olimpiadada Oʻzbekiston Respublikasining barcha bakalavr va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishlari mumkin;
  • Nomzodlar kimyo boʻyicha oʻz loyihasiga ega boʻlishi lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

Gʻoliblar pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin uchun — 5 000 000 soʻm;
  • 2-oʻrin uchun — 3 000 000 soʻm;
  • 3-oʻrin uchun — 1 500 000 soʻm.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Olimpiadada qatnashish uchun quyidagi bosqichlarni bajarish kerak:

  • Birinchi bosqichda anketa toʻldiriladi;
  • Ikkinchi bosqichda roʻyxatdan oʻtish jarayonini yakunlash uchun ishtirokchilar kimyo boʻyicha loyiha tavsifini taqdim etishlari kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

Ariza topshirish uchun oxirgi muddat: 26-fevral 2025-yil;

Dastur haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Rus tili, O'zbek tili

  • Jins

    Ayol

O‘zbekiston Kimyo Girls: Ziyo Forumdan bakalavr va magistratura bosqichi talaba qizlari uchun kimyo fanidan respublika olimpiadasi
25 Fev, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.