Bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari uchun Ruminiyaning Buxarest shahrida 2 haftalik yozgi maktab

Bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari uchun Ruminiyaning Buxarest shahrida 2 haftalik yozgi maktab

  • 01/04/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Ruminiya Davlat
  • 20.05.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Magistr talabasi, PhD talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Ruminiyada joylashgan eng nufuzli universitetlardan biri — Bucharest University of Economic Studies tomonidan asos solingan The Bucharest Summer University bakalavr, magistratura bosqichida oʻqiyotgan talabalar uchun 2 haftalik yozgi maktab tashkil etiladi.

Dasturning asosiy maqsadi butun dunyodan kelgan ishtirokchilar uchun xalqaro madaniy va akademik tadbir uyushtirib, iqtisodiy muammolarga birgalikda yechim topishdir. Yozgi maktabning bu yilgi asosiy mavzusi — Yangi Biznes Modellari Uchun Raqamli Transformatsiya (Digital Transformation For New Business Models).

Ishtirokchilarga yashash, oziq-ovqat, Buxarest shahri boʻylab sayohat, madaniy tadbirlar va seminarlarda bepul ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Dasturga uch xil usulda ariza yuborish mumkin:

  • Full Scholarship (ariza shaklini toʻldirish, CV, berilgan mavzuda yozilgan insho va bir nechta maxsus qoidalarga rioya qilish);
  • Partial Payment (ariza shaklini toʻldirish, CV va berilgan mavzuda yozilgan insho);
  • Total Payment  (CV).

Ushbu dastur 2024-yil 11-25-avgust kunlari ingliz tilida Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturga bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichida oʻqiyotgan barcha davlat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin;
  • Nomzodlar Ruminiyaga borib kelishlari uchun viza olishlari va aviachipta to‘lovlarini o‘zlari qilishlari soʻraladi.

Viza olish jarayonida so‘raladigan hujjatlar:

  • Pasport olgan davlatlari;
  • Pasport turi:
  • Ruminiyaga borish sababi.

Rumiyaga viza olish jarayonlari haqida rasmiy sayt orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dastur doirasida to'liq yoki qisman grant bilan ta'minlanishi mumkin. 

  • To'liq grant: maktab uchun to'lanadigan xarajatlardan to'liq ozod qilinadi: 3 mahal ovqatlanish, turarjоy, aeropоrt transferi; 
  • Qisman grant: maktab xarajatlarini qoplash uchun 400 yoki 500 yevro to'lashi kerak (ariza topshirish muddatiga qarab).
  • Dastur bepul turar-joy, uch mahal ovqat, aeroportdan aeroportgacha transport, dam olish kunlari sayohat, kurslar va darsdan tashqari tadbir xarajatlarini moliyalashtiradi;
  • Ikki hafta davomida ishtirokchilar seminar va treninglarda qatnashishadi;
  • Shuningdek, Ruminiya madaniyati bilan yaqindan tanishish va shahar boʻylab bepul sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Dasturga o'z yonidan qatnashganda barcha maktab xarajatlari qoplanishi kerak.

Hujjat topshirish

Dasturga uch xil usulda ariza yuborish mumkin va ariza turiga qarab ularga beriladigan imkoniyatlari ham bir-biridan farq qiladi:

  1. Full scholarship — bunda nomzodlardan quyidagi hujjatlar soʻraladi va mutlaqo bepul amalga oshiriladi:

Inshoga mavzusi va shakli:

  • berilgan asosiy mazu bo'yicha yozish;
  • Format: 1200 soʻz (Times New Roman, 12 oʻlcham, interval 1,5, WORD shaklida yuborilishi shart).

Insho yozishda quyidagilarga amal qilish soʻraladi:

  • Inshoni asosiy mavzuga mos qilib yozish;
  • Uni misollar va faktlar bilan asoslab berish;
  • Mavzuga oid turli masalalarni tushuntirish va yechimlarni taqdim etish;
  • Asosiy mavzu boʻyicha oʻz nuqtai nazarini bildirish.

Insho rejasi quyidagi tartibda boʻlishi kerak:

  • Nomzod nega aynan bu mavzuga qiziqish bildirganligi va mavzu boʻyicha qisqacha kirish qilishi;
  • FinTech va anʼanaviy moliyaviy xizmatlarga oid muammolar;
  • Muammo boʻyicha fikr va yechimlar;
  • Xulosa.

Bu usul orqali ariza yuborishning оxirgi muddati 2024-yil 20-may va nomzodlarga 1-iyunga qadar xabar yuboriladi.

   2. Partial Payment usuli — bunda nomzodlar €400 erta qabul uchun, €500 оdatiy qabul uchun toʻlov qilishlari kerak va quyidagi hujjatlar soʻraladi:

Bu usul orqali ariza yuborishning оxirgi muddati erta qabul uchun 2024-yil 1-may, оdatiy qabul uchun 1-iyun. Nomzodlarga uch hafta ichida xabar yuboriladi.

  3. Total Payment usuli — bunda nomzodlar 1-maygacha bо'lgan оxirgi muddat uchun €700, 1-iyungacha bо'lgan muddat uchun €800 toʻlov qilishlari kerak va quyidagi hujjatlar soʻraladi;

  • CV. 

Bu usul orqali ariza topshirishning afzalliklari:

  • Ariza shaklini to‘ldirish va insho yozish talab etilmaydi;
  • CV jo‘natilganidan so‘ng 48 soat ichida javob keladi;
  • Ertaroq javob olgan nomzodlar ertaroq va arzonroq aviachipta sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Eslatma: Dastur nomzodlarning Ruminiyaga borish-kelish aviachipta xarajatlarini qoplab bermaydi. Nomzodlar oldindan oʻzlari sotib olishlari kerak.

Dasturga ariza topshirish haqida ushbu havola orqali batafsil ma'lumotga ega bo‘lish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qoʻshimcha maʼlumot uchun:

Elektron pochta manzili: application@bsu.ase.ro.

Ruminiya
Bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari uchun Ruminiyaning Buxarest shahrida 2 haftalik yozgi maktab

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar