Bakalavriat, magistratura talabalari va oʻqishni bitirganlar uchun Yaponiyada toʻliq moliyalashtiriluvchi OIST Research Internship amaliyot dasturi

Bakalavriat, magistratura talabalari va oʻqishni bitirganlar uchun Yaponiyada toʻliq moliyalashtiriluvchi OIST Research Internship amaliyot dasturi

  • 14/05/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Yaponiya Davlat
  • 15/10/2024 19:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Yaponiyaning Okinava Fan va Texnologiya Instituti (OIST) tadqiqot-amaliyot dasturi STEM yoʻnalishida oʻqiyotgan bakalavriat va magistratura talabalariga OISTda ilmiy amaliyotchi sifatida ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Dasturda, shuningdek, yaqinda oʻqishni tamomlaganlar ham qatnashishi mumkin.

Ushbu amaliyot odatda 3 oydan 6 oygacha davom etadi. Shu vaqt davomida amaliyotchi talabalar jihozlangan laboratoriyalarda tajriba oʻtkazish imkoniyati bilan birga muayyan texnik saboqlarga ham ega boʻladilar. Amaliyotchilar oʻzlariga tayinlangan Professorlar rahbarligida ishlaydi va OIST tadqiqot faoliyatiga oʻz hissasini qoʻshadi.

Dasturga yilda 2 marta ariza topshirish mumkin. Ayni рaytda 2025-yil bahоrida bоshlanadigan amaliyоt uchun hujjatlar qabul qilinmоqda. Ariza tорshirishning оxirgi sanasi — 2024-yil 15-оktyabr sоat 19:59 gacha.

Dasturda asosan kuchli bilim va salohiyatga ega boʻlgan, oʻz sohasining yetakchi talabalari ishtirok etishi mumkin. Dasturda ishtirok etish mumkin boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Dastur davomida amaliyotchilarga bir ish kuniga 2,400 yen (~$15) miqdorida haq toʻlanadi. Bundan tashqari, amaliyotchilarning transport va turarjoy xarajatlari ham qoplab beriladi.

Dastur haqida batafsil bu yerda oʻqish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda bakalavr yoki magistratura bosqichida oʻqiyotgan yoki uni tamomlagan talabalar ishtirok etishi mumkin. Bunda bakalavriat talabalari kamida 2-bosqichni yakunlagan boʻlishi lozim;
  • Akademik jihatdan faol boʻlishi va hozirda oʻqiyotgan sohasi amaliyot dasturiga aloqador boʻlishi lozim;
  • Hozirda oʻqib turganlar oʻqish joyidan maʼlumotnoma topshirishi kerak;
  • Ushbu dasturga katta qiziqishga ega boʻlishi kerak;
  • Dastur ingliz tilida olib borilganligi bois ingliz tilini bilish talab etiladi.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Amaliyot uchun kuniga 2,400 yen ($15) beriladi va soliqlardan ozod etiladi;
  • Yaponiyaga borish-kelish safar xarajatlari qoplab beriladi;
  • Amaliyot joyiga borish-kelish uchun Shuttle Bus Pass, yaʼni avtobus chiptasiga ega boʻladi;
  • Jihozlangan turar joy bilan taʼminlanadi;
  • Viza, tibbiy sugʻurta va mahalliy roʻyxatdan oʻtish masalalarida yordam beriladi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar onlayn ariza topshirishlari kerak boʻladi. Ariza topshirish uchun avval shaxsiy profil ochiladi va kerakli hujjatlar taqdim etiladi.

Kerakli hujjatlar:

  • Statement of purpose, amaliyotga ariza topshirishdan maqsad bayon etilgan 400 soʻzdan iborat xat. Xatda ushbu savollarga javob berish kerak:
    • OIST va siz xohlagan tadqiqot boʻlinmalari sizning hozirgi tajribangiz va mahoratingizga qanday mos keladi?
    • Agar siz bir nechta tadqiqot boʻlinmalariga qiziqsangiz, har birini qisqacha yoritib oʻting.
    • OISTda nimalarga erishmoqchisiz?
    • OISTda tadqiqot amaliyoti sizning umumiy kasbiy rejalaringizga/intilishlaringizga qanday mos keladi?
  • Baholar roʻyxati (Transcript). Bunda universitetda olingan baholar taqdim etiladi. Ingliz tiliga tarjima qilingan bоʼlishi kerak;
  • Kamida 1 ta tavsiyanoma. Tavsiyanomalar nomzodning akademik yutuqlari, xarakteri bilan tanish boʻlgan oʻqituvchi yoki ilmiy rahbar tomonidan beriladi. Nomzoddan kamida 1 ta koʻpi bilan 3 ta tavsiyanoma talab etiladi. Ushbu tavsiyanomalar tavsiyanоma beruvchining shaxsan оʼzi tоmоnidan elektron pochta orqali yuborilishi kerak. Ariza tорshiruvchi tоmоnidan yubоrilgan tavsiyanоmalar qabul qilinmaydi;
  • Shaxsiy fotosurat. Bunda surat rasmiy pasport formatida boʻlishi kerak.

ESLATMA! Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi va ariza topshirish jarayonidan avval tayyorlab qoʻyilgan boʻlishi kerak.

Dasturga ariza tорshirish haqida batafsil ushbu havоla оrqali maʼlumоt оlish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dastur 3 oydan 6 oygacha davom etadi:

  • Kuzgi mavsum davomiyligi: 1-oktyabrdan 31-martgacha;
  • Bahorgi mavsum davomiyligi: 1-apreldan 30-sentyabrgacha.

Hozirda 2025-yil bahоrgi mavsum uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Tanlov natijalari eʼlon qilinish vaqti:

  • Kuzgi mavsum uchun iyun oyida;
  • Bahorgi mavsum uchun dekabr oyida eʼlon qilinadi.

Koʻp beriladigan savollar va ularning javoblari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar ushbu havola orqali berilishi mumkin.

Yaponiya
Bakalavriat, magistratura talabalari va oʻqishni bitirganlar uchun Yaponiyada toʻliq moliyalashtiriluvchi OIST Research Internship amaliyot dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar