PhD bosqichi talabalari va yosh olimlar uchun Turkiyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab - International ILEM Summer School

PhD bosqichi talabalari va yosh olimlar uchun Turkiyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab - International ILEM Summer School

  • 01/04/2023 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Turkiya Davlat
  • 01.05.2023 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    PhD talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

ILEM International Summer School — turli sohalardagi akademiklar, tadqiqotchilar va yosh olimlarni birlashtirgan holda islom olamiga tegishli asosiy masalalarni muhokama qilish uchun forumdir. 

Yozgi dastur ICYF, YTB, FSMV universiteti, ILM, IRCICA va Oranje Instituti kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. 

2023-yilda boʻlib oʻtadigan ILEM yozgi maktabining asosiy mavzusi — Rethinking Art and Aesthetics in the Islamic World: Concepts, Theories, and Practices

Shuningdek, dastur islom olamiga aloqador 25 ta kichik mavzuni (IISS-8 Topics) ham oʻz ichiga oladi. 

Yozgi maktabning bu yilgi mavsumida uchta asosiy nuqtayi nazardan islom olamiga tegishli masalalarni muhokama qilishga eʼtibor beriladi:

  • Konseptual nuqtayi nazardan;
  • Nazariy munozaralar asosida;
  • Ijtimoiy-siyosiy qarashlar asosida.

Yozgi maktab 2023-yil 24-iyuldan 30-iyulgacha Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtadi. Dasturda barcha davlatlarning PhD bosqichi talabalari va yosh olimlari ishtirok eta oladi. Ishtirokchilarning barcha xarajatlari dastur tashkilotchilari tomonidan qoplanadi.

Yozgi maktabda boʻlib oʻtadigan barcha seminar, maʼruza va suhbatlar ingliz tilida oʻtkaziladi.

Dasturga ariza topshirishning soʻnggi muddati — 2023-yil 1-may.

ILEM International Summer School dasturi haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Turli sohada faoliyat olib boradigan PhD talabalari va yosh olimlar qatnashishi mumkin;
  • 2023-yil 24-30-iyul kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtadigan yozgi maktabda offlayn tarzda qatnasha olish kerak;
  • Har bir ishtirokchi oʻz ilmiy ishini (Paper) taqdim etishi kerak;
  •  ingliz tilini bilish talab qilinadi; Til bilishni tasdiqlovchi sertifikat boʻlishi (IELTS/TOEFL) majburiy emas!

Muvofiqlik talablari (Eligibility requirements) haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Yozgi maktabda qatnashish bepul;
  • Ishtirokchilar bepul turar-joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;
  • Ichki transport xarajatlari qoplanadi;
  • Turkiyaga borish va kelish xarajatlari qoplanishi mumkin.

Eslatma: dasturga ariza topshirish bepul.

Yozgi maktabning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

  • ILEM xalqaro yozgi maktabida qatnashish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish va maxsus onlayn ariza shaklini toʻldirish kerak;
  • Ariza shaklida ilmiy ish gʻoyasini (Proposal) yuklash lozim; 
  • Nomzodlarning ilmiy ish gʻoyasi ILEM yozgi maktabi ilmiy qoʻmitasi tomonidan qabul qilingandan keyin ilmiy ishning toʻliq matnini saytga yuklashi kerak;
  • Toʻliq matnli ilmiy ishlar ILEM xalqaro yozgi maktabi ilmiy qoʻmitasi tomonidan baholanadi. Ushbu yakuniy baholash natijalariga koʻra, IISS-8 da ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan ishtirokchilar eʼlon qilinadi.

Topshiriladigan ilmiy ish gʻoyasiga (Proposal) qoʻyiladigan talablar quyidagicha:

  • Kamida 900 soʻz va maksimal 1200 soʻzdan iborat boʻlishi kerak;
  • 5-7 ta kalit soʻzni oʻz ichiga olishi kerak;
  • Tadqiqot maqsadi va asosi batafsil yoritilishi kerak;
  • Oldin nashr qilinmagan va asl (original) boʻlishi kerak;
  • Ilmiy ish gʻoyasi (Proposal) matnida ishtirokchi haqida maʼlumot boʻlmasligi kerak; Ishtirokchi haqidagi maʼlumot yozilgan ishlar qabul qilinmaydi!

Eslatma: Email orqali topshirilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi!

Dasturga ariza topshirish haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin. 

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Yozgi maktab haqida eng koʻp berilgan savollarga javoblarni (FAQs) ushbu havola orqali oʻqish mumkin.
  • ILEM xalqaro yozgi maktabiga oid qoʻshimcha savol va takliflarni iiss@ilem.org.tr elektron manziliga yuborish mumkin.

ILEM xalqaro yozgi maktabiga oid muhim sanalar:

  • 2023-yil 1-may — dasturga ariza topshirish va ilmiy ish gʻoyasini (Proposal) topshirishning soʻnggi muddati;
  • 2023-yil 15-may — topshirilgan ilmiy ish gʻoyasi (Proposal) qabul qilinganligi eʼlon qilinadi;
  • 2023-yil 1-iyun ilmiy ishlarning toʻliq matnini topshirish uchun soʻnggi muddat;
  • 2023-yil 30-iyun — dastur gʻoliblari eʼlon qilinadi.
  • 2023-yil 24-30-iyul — yozgi maktab boʻlib oʻtadi.
Turkiya
PhD bosqichi talabalari va yosh olimlar uchun Turkiyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab - International ILEM Summer School

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar