Professional ish tajribasiga ega siyosatshunoslar uchun Gonkongda to‘liq moliyalashtiruvchi 13 haftalik AsiaGlobal Fellows dasturi

Professional ish tajribasiga ega siyosatshunoslar uchun Gonkongda to‘liq moliyalashtiruvchi 13 haftalik AsiaGlobal Fellows dasturi

  • 28/01/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Xitoy Davlat
  • 31.03.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Davlat siyosatiga katta qiziqish va tajribaga ega bo'lgan mutaxassislari uchun AsiaGlobal Fellows dasturi taqdim qilinadi. Dastur Osiyo nuqtai nazaridan global muammolarni chuqurroq tushunadigan mutaxassislarni  o‘qitishga qaratilgan. 

AsiaGlobal Fellows dasturi davomida Gonkong va butun dunyo bo‘ylab akademik, siyosat, biznes va fuqarolik jamiyati rahbarlarining haftalik ma’ruzalari va muhokama sessiyalari bo‘lib o‘tadi. AGI yetakchilarga o‘z vaqtida va muhim masalalarni xabardor va xolisona o‘rganish uchun platformalar taqdim etadi. Uning tadqiqotlari va dasturlari Osiyo va undan tashqarida xalqaro akademiklar, amaliyotchilar va siyosatchilar tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. Ishtirokchilar AGI tarmog‘i orqali ushbu global mutafakkirlar va fikr yetakchilari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Dastur avgustdan noyabrgacha davom etadi. 

Dasturning tuzilishi va maqsadi haqida batafsil bu yerda o'qish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturga nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  • 8 yildan 25 yilgacha ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • Siyosat, fuqarolik jamiyati hamda tadbirkorlikda faol bo‘lishi;
  • Ingliz tilini yuqori darajada yaxshi bilishi;
  • Osiyo Tinch okeani mintaqasiga hamda global muammolarga yechim topishga alohida qiziqish bildirishi;
  • Nomzod o‘z tashkiloti, jamiyati hamda butun dunyoga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatini namoyon qila olishi;
  • Irqi, jinsi yoki  qat’i nazar barcha davlat fuqarolari ishtirok eta oladilar.

Dastur maqbullik shartlari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:

  • Ba’zi ishtirokchilar uchun borib-kelish xarajatlari qoplanishi mumkin;
  • Turarjoy bilan ta’minlanadi;
  • Oylik stipendiya beriladi.

Dastur imkoniyatlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.

Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng nomzodning elektron manziliga login va parol yuboriladi va shu orqali so‘ralgan hujjatlar bilan  arizani to‘ldirish so‘raladi.

  • Ariza to‘ldirishda quyidagilar so‘raladi:
  • Pasport o‘lchamidagi rasm(oxigi olti oy ichida tushgan bo‘lishi kerak)
  • CV;
  • Avtobiografiya;
  • 3ta tavsiyanoma beruvchilarning kontakt ma’lumotlari (tavsiyanoma beruvchilar nomzodga qarindosh bo‘lmagan, lekin shaxsan biladigan, kasbdosh shaxslardan bo‘lishi kerak);
  • Nomzodning erishgan yutuqlari;
  • Nomzodning Asia Global Fellow da qatnashishdan maqsadi va hayotdagi maqsadi yoritilgan qisqacha bayoni;
  • Nomzodning Asia Global Fellows dasturiga va kengroq ma’noda Gongkong Universitetiga  qanday hissa qo‘sha olishi haqida;
  • Asia Global Fellows ga qabul qilinganlardan dastur davomida ilmiy ish yozish talab qilinadi shuning uchun nomzodlardan  tadqiqot olib bormoqchi bo‘lgan ishining  asosiy ma’lumotlarini kiritish so‘raladi;
  • Baholash davrida saralangan nomzodlardan onlayn intervyuda qatnashish so‘raladi. Muvaffaqiyatli nomzodlar elektron pochta orqali xabardor qilinadi. Muvaffaqiyatli abituriyentlarga tegishli tartiblarni amalga oshirish uchun yetarli vaqt berish uchun barcha harakatlar qilinadi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

Xitoy
Professional ish tajribasiga ega siyosatshunoslar uchun Gonkongda to‘liq moliyalashtiruvchi 13 haftalik AsiaGlobal Fellows dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar