Kanadada bo‘ladigan One Young World sammitida to‘liq moliyalashtirilgan holda qatnashish uchun Leading Asia Scholarship granti

Kanadada bo‘ladigan One Young World sammitida to‘liq moliyalashtirilgan holda qatnashish uchun Leading Asia Scholarship granti

  • 10/03/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Kanada Davlat
  • 09.04.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    18 yoshdan 30 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

2016-yildan beri har yili “Yagona yoshlar sammiti” (One Young World Summit) 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan iqtidorli yoshlar oʻtkazilib kelinmoqda. Bu yil ham yetakchi yoshlar 2024-yilning 18-21 sentyabr kunlari Kanadaning Monreal sharida boʻlib oʻtuvchi  Sammitda “Yetakchi Osiyo granti” (Leading Asia Scholarship) dasturi doirasida bepul ishtirok etishlari mumkin.

AQSh va Xitoy oʻrtasida bugun katta iqtisodiy raqobat kechayotgani sir emas. Buning oqibatida Janubiy Osiyo va unga tutash hududlarda, umuman, qolgan mintaqalarda iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish dolzarb masalaga aylanmoqda. Qolaversa, savdoning oʻsishi bilan bir qatorda plastik mahsulotlar bilan ifloslanish kuchaymoqda. Bu dasturning maqsadi esa yoshlar orasidan ana shunday muammolarga istiqboli yechimlar taqdim eta oluvchi yetakchilarni kashf etish hamda ularga sammit doirasida bepul ishtirok etishni taʼminlashdir.

Dastur imtiyozlari ichki va tashqi safar xarajatlarini qoplash, bepul mehmonxona va oziq-ovqat bilan taʼminlash va boshqa afzalliklarni koʻzda tutadi. Talablarga javob bera oluvchi hamda oʻz qobiliyatiga ishongan yoshlar bemalol ariza berishlari mumkin (Oʻzbekiston nomi Sammitda qatnashuvchi davlatlar qatorida qayd etilgan). Dastur haqida batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

Talablar:

  • 18-30 yosh oraligʻida va roʻyxatda keltirilgan mamlakatlardan birining fuqarosi boʻlish (Oʻzbekiston qayd etilgan);
  • Sohaga doir oʻzgarishlarni amalga oshirishda ijobiy natijalarga erishib kelayotgan boʻlishi kerak;
  • Ingliz tilida erkin gaplasha olishi zarur (hech qanday sertifikat talab qilinmaydi, sammit xalqaro miqyosda oʻtkazilayotgani bois ingliz tili asosiy ish tili sifatida xizmat qiladi);
  • Mahalliy va global muammolarga befarq boʻlmasligi lozim;
  • Muammoni bartaraf qilishda innovatsion yechimlarni taklif eta olishi kerak.

MUHIM:

  • Sammitda 30 yoshdan oshgan, ammo yuqoridagi talablarga mos keluvchi nomzodlarning ham arizalari koʻrib chiqilishi mumkin. Ammo Sammit boʻladigan vaqtda 18 yoshdan kichik boʻlganlar uchun bunday istisno amal qilmaydi.
  • Ilgarigi One Young World sammitlarida kamroq vakillik qilgan mamlakatlardan kelgan arizachilarga ustuvorlik beriladi. Shuningdek, birinchi marta sammitda ishtirok etuvchilarga ham saralashda ustuvorlik berilishi mumkin.

Talablar bilan batafsil bu yerda tanishib chiqish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Kanadada boʻlib oʻtadigan One Young World Summit-2024 da bepul ishtirok etadi;
  • Sammit kunlari (2024-yilning 18-21 sentyabr kunlari) Monrealda istiqomat qilish uchun turarjoy bilan taʼminlanadi;
  • Borib-kelish xarajatlari qoplanadi;
  • Nonushta, tushlik, kechki ovqat bilan taʼminlanadi;
  • Sammit oʻtkaziladigan joyga borish va qaytish xarajajatlari qoplanadi;
  • Sammit doirasida asqotishi mumkin boʻlgan anjomlar (tarqatmalar, qoʻllanmalar) bilan taʼminlanadi.

Eslatma: Kanadaga kirish bilan bogʻliq har qanday viza xarajatlari ishtirokchilarning oʻzlari tomonidan qoplanishi zarur.

Hujjat topshirish

  • Dasturga ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. 

Nomzod onlayn arizani to‘ldirishda quyidagilarga javob yozishi kerak:

  • Barqaror iqtisodiyotni ta'minlashda aynan qaysi masalaga qiziqishi;
  • Muammoni bartaraf etishda mamlakati yoki dunyo miqyosida qanday ta’sir doirasiga ega ekanligi va nega aynan uning yechimini sammit doirasida ko‘rib chiqish lozimligi, harakatlari qanchalik innovatsion/o‘ziga xos ekanligi;
  • Amalga oshirgan ishlari natijasida qanchalik ijobiy natijalar olingani;
  • Nima uchun sammitda imtiyoz asosida ishtirok etish uchun u tanlanishi kerakligi;
  • Sohasiga doir yoki amalga oshirib kelayotgan ishlarini o‘zida aks ettiruvchi qanday ijtimoiy tarmoq manzillari yoki yutuqlari bor ekanligini tasvirlovchi savollarga javob berishi kerak.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qoʻshimcha maʼlumotlar va savollar uchun:

Telefon: +44 (0)20 3691 8060

Elektron pochta: info@oneyoungworld.com, stefan.kovacevic@oneyoungworld.com, partnerships@oneyoungworld.com,  

Kanada
Kanadada bo‘ladigan One Young World sammitida to‘liq moliyalashtirilgan holda qatnashish uchun Leading Asia Scholarship granti

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar