"Ibrat Camp" — "Ibrat oromgohi”ning yozgi mavsumi

"Ibrat Camp" — "Ibrat oromgohi”ning yozgi mavsumi

  • 06/04/2023 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 16.06.2023 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    15 yoshdan 30 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Oʻzbekiston Yoshlar Ishlari Agentligining “Ibrat Farzandlari” loyihasi jahonning TOP-100 universitetlariga kirish istagidagi iste’dodli yoshlarni oromgohga taklif etadi.

“Ibrat Farzandlari” — yoshlarning xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularga xorijiy tillar bo‘yicha bepul ta’lim berish uchun tashkil etilgan loyiha.

Loyiha davomida maktab va bakalavr bosqichi bitiruvchilarini birlashtirib, shu orqali quyidagi maqsadlarga erishish maqsad qilingan:

  • TOP-100 universitetlarga kirmoqchi bo‘lgan isteʼdodli maktab va bakalavr bosqichi bitiruvchilari uchun hamjamiyat tashkil etish;

• jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini oshirish; 

• jahonning TOP-100 universitetlari bakalavriat hamda magistratura bosqichiga kirish imkoniyatini yaratish;

• ular uchun kerakli ko‘nikmalarni rivojlantirish.

Hozirda dasturning yozgi mavsumi uchun qabul boshlandi. Ushbu mavsum Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan Yoshlar Oromgohida boʻlib oʻtadi. Umumiy 3 ta mavsum uchun 600 nafar ya’ni bakalavr bosqichining 2 ta mavsumi uchun 400, magistratura bosqichiga esa  200 ta ishtirokchi saralab olinadi.
3-9-iyul va 17-23-iyul kunlari maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun; 
14-20-avgust kunlari bakalavriat talabalari va bitiruvchilari uchun oromgoh boʻlib oʻtadi. 

Maqbullik shartlari

Oromgohda ishtirok etish uchun talablar:

  • Bakalavr bosqichi bitiruvchilari: 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lishi, IELTS 6+ yoki uning ekvivalenti (TOEFL, GMAT, GRE, SAT, CAE) bo‘lishi, OTM talabasi yoki bakalavr bosqichi bitiruvchisi bo‘lishi;
  • Maktab bitiruvchilari: 16 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lish, IELTS 6+ yoki uning ekvivalenti(TOEFL, GMAT, GRE, SAT, CAE) bo‘lishi, maktab o‘quvchisi yoki abituriyent bo‘lishi talab etiladi.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • yangi do‘stlar orttirish imkoniyati;
  • 1 haftalik bepul oromgoh;
  • mahorat darslari;
  • sohaviy master-klasslar;
  • turli tanlovlarda qatnashish imkoniyati;
  • qimmatbaho esdalik sovg‘alar.

Hujjat topshirish

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi bosqichlardan oʻtish lozim:

  • 1-bosqich ikki — a va b qismdan iborat bo‘lib, Google Forms shaklida o‘tkaziladi:

a) nomzodlar 25 daqiqa ichida ingliz tilidan 50 ta test bajarishi kerak. Testlar Google Forms orqali o‘tkaziladi;

b) nomzodlarga mantiqiy savol beriladi. Javob 80 ta so‘zdan oshmasligi kerak. Ajratilgan vaqt — 15 daqiqa.

  • 2-bosqich:

Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan intervyu bo‘lib o‘tadi. Intervyuda IELTS Speaking Part 2 savollari beriladi va intervyu uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi.

Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻtgan yoshlar dasturda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.

Eslatma!

  • talablarda belgilangan yosh chegarasiga amal qilmaganlar (bakalavr talaba va bitiruvchilari — 20-30 yosh; maktab o‘quvchisi va abituriyentlar — 16-20 yosh);
  • til sertifikati bo‘lmagan nomzodlar;
  • saralash jarayonida g‘irromlik qilishga uringan nomzodlar:

     1) ikki yoki undan ko‘p marta ro‘yxatdan o‘tganlar;

     2) til sertifikati boʻyicha aldashga uringanlar

“Ibrat Farzandlari” ning kelajakdagi barcha loyihalaridan chetlatiladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Muhim sanalar:

1-bosqich uchun arizalar 16-iyunga qadar qabul qilinadi.

1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan 2-bosqichda intervyu bo‘lib o‘tadi.

Oromgoh boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar Ibrat tillar oromgohi rasmiy kanali orqali berib boriladi.

Oʻzbekiston
"Ibrat Camp" — "Ibrat oromgohi”ning yozgi mavsumi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar