DAAD stipendiyasi mentorlik kursi
GrantGO loyihasi DAAD mentorlik kursining 2.0 versiyasini e'lon qiladi!
Kurs o'tgan yilgidan bir necha jihati bilan farq qilib, eng asosiysi — kurs DAAD All Disciplines va ERP dasturlaridan tashqari DAAD tarkibiga kiruvchi Helmut-Schimdt va EPOS dasturlariga ham hujjat tayyorlash va topshirish jarayonini o'z ichiga oladi.
Kurs strukturasi
- Asosiy kontent oldindan yozib olingan video darslar ko'rinishida;
- Ishtirokchilar bilan kamida 4 ta jonli sessiya o'tkaziladi;
- Jonli sessiyalarda hujjatlar kritik tahlil qilinib, kamchiliklar va qanday yaxshilash mumkinligi batafsil ko'rsatib beriladi;
- Ishtirokchilar hujjatlari ham shu tarzda individual tekshirib beriladi;
- Ba'zi darslar ochiq dars sifatida GrantGO loyihasi YouTube kanaliga joylanadi;
- Suhbat bosqichida individual yordam ko'rsatiladi.
Kurs rejasi
- Mentorlik kursiga kirish
- All Disciplines, ERP, Helmut-Schmidt, EPOS dasturlari haqida to'liq ma'lumot
- Hukumat stipendiyalari va ularning asosiy tanlov mezonlari
- Hujjatlarni tayyorlash uchun to'g'ri va batasil reja tuzish
- Universitet va yo'nalish tanlash bo'yicha yo'riqnoma
- CV, Baholar tarjimasi va shu kabi hujjatlarni tayyorlash
- Tavsiyanoma haqida kerakli barcha ma'lumot
- Motivatsion xat yozish
- Har bir dastur hujjat topshirish jarayoni
O'tgan yilgi kurs ishtirokchilari natijalari
- Hujjat topshirganlar: 10 ga yaqin
- Suhbat bosqichiga yetib borganlar: 2 ta (2 lasi ham g'olib)
- ERP dasturi: 1 ta g'olib
- All Disciplines: 1 ta g'olib
- Yaponiyaning Tsukuba universiteti to'liq moliyalashtiruvchi granti: 1 ta alternativ g'olib
- Erasmus Mundus EPOG+: 1 ta alternativ g'olib
Kurs narxlari
Odatiy narx — 599,000 so'm
Namuna uchun darslar: https://www.youtube.com/playlist?list=PLlyNAYHMW1QdwaChc1mYB5OxRi3OuCiSL
Dastur haqida suhbat