FLEX dasturi uchun mentorlik kursi
GrantGO loyihasi yildan yilga oshib borayotgan qiziqishni hisobga olgan holda, sizlarga FLEX dasturi uchun tayyorgarlik va hujjat topshirish bo'yicha kursni taqdim etadi!
Future Leaders Exchange Program (FLEX) — maktabning yuqori sinf va kollej/litsey oʻquvchilarini 1 yil davomida AQShda to'liq moliyalashtirilgan holda yashash va taʼlim olishini taʼminlovchi grant dasturi.
Kurs SUSI, NSP va "Seeds for the Future" kabi bir nechta nufuzli grantlar g'olibasi — Shaxrizoda Isomitdinova tomonidan olib boriladi.
Kurs strukturasi
- Asosiy kontent oldindan yozib olingan video darslar ko'rinishida
- Ishtirokchilar bilan haftalik jonli muloqotlar tashkil qilinadi
- Ishtirokchilar hujjatlari alohida tekshirib, kerakli tuzatish va maslahatlar beriladi
- Birinchi bosqichdan o'tganlar uchun tavsiyanoma va boshqa hujjatlarni tayyorlashda yo'l ko'rsatiladi
- Intervyu bosqichi uchun individual yordam ko'rsatiladi
Kurs rejasi
- Dastur haqida to'liq ma'lumot va savollarga javoblar
- FLEX dasturi arizasini to'ldirish
- Essaylar rejasi va ularni yozish
- Essaylarni jonli tarzda tekshirish hamda tahlil qilish davomida yaxshilash
- Dasturga to'liq hujjat topshirish
- Tavsiyanoma va boshqa kerakli hujjatlarni tayyorlash (2-bosqich)
- Intervyu bosqichi uchun individual yordam
Mentor haqida ma'lumot
- SUSI for Young Women Leaders dasturi gʻolibasi (2022-yil)
- NSP dasturi gʻolibasi (2023-yil)
- Huaweining "Seeds For the Future" dasturi gʻolibasi (2023-yil)
- IELTS imtihonidan 8.0 daraja egasi
- Jacafa stipendiyasi yarim finalchisi (2022-yil)
- Global UGRAD dasturi yarim finalchisi (2023-yil)
- FLEX dasturi yarim finalchisi (2020-yil)
Kurs narxlari va boshlanish vaqti
- 8-sentabr 23:59 gacha to'lov qilganlar uchun — 349,000 so'm
- 9-sentabrdan boshlab — 399,000 so'm
- Darslar 6-sentabrdan boshlab taqdim qilinadi
Dastur haqida suhbat