Xitoyning Pekin shahrida oʻtkaziladigan barcha xarajatlari qoplanuvchi 5 kunlik xalqaro Yenching Global Simpozium dasturi

Xitoyning Pekin shahrida oʻtkaziladigan barcha xarajatlari qoplanuvchi 5 kunlik xalqaro Yenching Global Simpozium dasturi

  • 01/01/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Xitoy Davlat
  • 31/01/2024 20:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Yenching Global Symposium (YGS) — dunyodagi eng nufuzli anjumanlardan biri. Har yili bahorda oʻtkaziladigan simpozium global hamda Xitoy bilan bogʻliq dolzarb mavzularda qiziqarli muhokamalari va interfaol sessiyalar boʻlib oʻtadi. Har yili simpoziumda taniqli xitoy va xalqaro maʼruzachilar, jumladan, mashhur olimlar, taniqli ofitserlar va yetakchi mutaxassislar ishtirok etadilar. Bugungi yetakchilar oʻz tushunchalarini butun dunyo boʻylab Xitoyga boʻlgan ishtiyoqi bilan talabalar va yosh mutaxassislar bilan oʻrtoqlashadilar.

Yenching Global Symposium 2024 turli geografik mintaqalar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish, jamoalar oʻrtasida oʻzaro aloqalarni yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi. Bu yilgi mavsum 2024-yil 11-14-aprel kunlari Xitoyning poytaxti Pekin shahrida boʻlib oʻtadi. 

Dasturning asosiy mavzusi "Equilibrium: Our World in Balance” boʻlib, unda quyidagi uch yoʻnalish boʻyicha hamkorlik aloqalari va imkoniyatlari oʻrganiladi:

  • Texnologiya va Madaniyat: inklyuziv innovatsiyalarni rag'batlantirish;
  • Tabiat va Texnologiya: muhandislikning barqaror yechimlari;
    Madaniyat va Tabiat: tahlikali zamonda birgalikda bo'lish.

Dastur ingliz tilida boʻlib oʻtadi, baʼzi mehmonlar xitoy tilida nutq soʻzlashi mumkin, lekin inglizcha sinxron tarjimasi berib boriladi. Yenching Akademiyasi tomonidan oʻtkazilgan avvalgi tadbirlar qanday boʻlib oʻtgani haqida ushbu havola orqali bilib olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Nomzod 1993-yil 11-aрreldan keyin tugʻilgan boʻlishi kerak;
  • Ariza topshirish vaqtida istalgan soha boʻyicha kamida bakalavr darajasiga ega boʻlishi lozim;
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilishi shart. Kamida IELTS 7, TOEFL 100, Cambridge 180, CEFR C1 sertifikatlari talab etiladi. Agar nomzodning ingliz tilida ilmiy ishlari mavjud boʻlsa va til bilish darajasi dastur talabiga javob bersa, sertifikat majburiy emas.
  • 2024-yil 11-14-aprel kunlari simpoziumda toʻliq ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim;
  • Avval Yenching Global Simpozium yoki Yenching Ijtimoiy Innovatsiya Forumlarida qatnashmagan boʻlishi lozim.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Yenching Global Simpoziumida butun dunyo boʻylab 100 nafar delegat qatnashadi. Ishtirokchilarning dastur bilan bogʻliq barcha xarajatlari toʻliq moliyalashtiriladi, jumladan:

  • Xalqaro aviachipta xarajatlari qoplanadi;
  • Bepul turarjoy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Eslatma: dastur tashkilotchilari viza masalalari boʻyicha elchixonaga taklif xati yuborish majburiyatini boʻyniga olmaydi, viza bogʻliq jarayonlar ishtirokchi tomonidan hal qilinishi lozim. 

Dastur imkoniyatlari bilan batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Yenching Global Simpozium 2024 uchun ariza topshirish quyidagi boʻlimlardan iborat:

  • Dastur talablari;
  • Shaxsiy maʼlumotlar va aloqa maʼlumotlari;
  • Taʼlim faoliyati haqida maʼlumotlar;
  • Kasbiy tajribaga doir maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);
  • Simpozium haqida maʼlumot;
  • Til talabiga muvofiq hujjat va CV;
  • Qisqa insho savollari. Insholar maksimum 300 soʻzdan iborat boʻlishi shart.

Dasturga ushbu havola orqali onlayn ariza topshirish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Ariza topshirish boʻyicha maslahatlar:

  • Javoblarni maʼlumot uchun word hujjatida saqlash lozim. Onlayn ariza topshirish sahifasida qoralamalar saqlanmaydi. Barcha javoblar toʻldirilgandan keyin toʻliq arizani yuborish kerak;
  • Har bir insho maksimal 300 soʻzdan iborat boʻlishi kerak;
  • Tugallanmagan va/yoki kechikib yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi;
  • Til bilish sertifikatlari yuklanishi shart. Kamida IELTS 7, TOEFL 100, Cambridge 180, CEFR C1 daraja talab etiladi. Skrinshotlar ham qabul qilinadi;
  • Dastur toʻliq moliyalashtiriladi (aviachipta, turar joy va ovqatlanish simpozium tashkilotchilari tomonidan qoplanadi). Agar ariza topshirilgandan soʻng toʻlov qilish kerakligi soʻralgan elektron xatlar yoki xabarlar kelsa, bu firibgarlik boʻlishi mumkin;
  • Shuni yodda tutingki, dastur viza uchun shtrix kodlari boʻlgan taklif xatlari joʻnatmaydi. 

YGS 2024 uchun mintaqaviy konsultatsiya o‘tkaziladi. Ular ingliz tilida olib boriladi (Xitoy axborot sessiyasidan tashqari) va dasturda ishtirok etmoqchilarga qulaylik yaratish uchun yozib olinadi. Osiyodan bo'lgan ishtirokchilarga (O'zbekiston) konsultatsiya o'tkazilish vaqti: 2024-yil 8-yanvar 10:00. (Toshkent vaqti bilan).

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar 2024-yil mart oyi boshlarida xabardor qilinadi. Dastur boʻyicha eng koʻp berilgan savollar va ularning javobi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: delegates@yenchingglobalsymposium.com 

Xitoy
Xitoyning Pekin shahrida oʻtkaziladigan barcha xarajatlari qoplanuvchi 5 kunlik xalqaro Yenching Global Simpozium dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar