Amerikada to‘liq moliyalashtirilgan holda ilmiy tadqiqot qilish imkoniyatini beruvchi Fulbright Visiting Scholar Program dasturi

Amerikada to‘liq moliyalashtirilgan holda ilmiy tadqiqot qilish imkoniyatini beruvchi Fulbright Visiting Scholar Program dasturi

  • 25/06/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 16/09/2024 18:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    18 yoshdan

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

The Fulbright Visiting Scholar Program - universitet professor-oʻqituvchilari va kamida 10 yillik professional tajribaga ega mutaxassislar uchun Amerikada 3 oydan 5 oygacha toʻliq moliyalashtirlgan holda quyidagi yoʻnalishlarda tadqiqot olib borish imkoniyati beradi:

  • Lecturing: universitetda kunduzgi taʼlimda leksiya qiladigan va konsultatsiya beradigan oʻqituvchilar uchun;
  • Research: рost-doktorantura bosqichida kunduzgi taʼlimda tadqiqot olib boruvchi olimlar uchun;
  • Lecturing/research: universitetlarda leksiya oʻtuvchi oʻqituvchilar va ilmiy izlanish olib boruvchi olimlar uchun;
  • Research: kichik oʻqituvchilar uchun kurs tavsifi va oʻquv rejasini ishlab chiqish va taklif qilingan kurs uchun maxsus oʻqitish strategiyalarini belgilash.

Nomzodlar The Fulbright Visiting Scholar Program dasturining bir qismi boʻlgan Fulbright Junior Faculty dasturiga ham ariza topshirishlar mumkin. Bunda alohida ariza toʻldirish talab etilmaydi, ammo talablar biroz oʻzgaradi.

Fulbright Junior Faculty dasturi uchun oliy oʻquv yurtida kamida 3 yillik toʻliq tajribaga ega ilmiy ish qilishni istaydigan oʻqituvchilar 1 semestrlik grantlarga ariza topshirishlari mumkin. Ushbu grantni yutish uchun nomzodlar kursda qanday ilmiy ish qilishlari va uning strategik ahamiyati haqida batafsil yozishlari soʻraladi.

Fulbright Junior Faculty granti uchun nomzodlarga qoʻyilgan talablar:

  • Yosh oʻqituvchilarni oʻqitish orqali taʼlim tizimida ijobiy oʻzgarish qilishga yordam berish;
  • Oʻzbekiston va AQSh olimlari oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlik va institutsional aloqalarni rivojlantirish;
  • Ikki xalq olimlarning keng qamrovli hamjamiyatini yaratish va oʻzaro aloqalarni mustahkamlashga koʻmaklashish.

Maqbullik shartlari

  • Nomzodlar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishlari yoki doimiy yashovchi sifatida pasportga ega boʻlishlari;
  • PhD/unga tenglashtirilgan darajaga ega boʻlish kerak yoki tanlangan taʼlim sohasida kamida 10 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan tajribali mutaxassis boʻlish lozim;
  • Hozirda oliy oʻquv yurtlarida, tahlil markazlarida, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlarida ishlayotgan tajribali nomzodlar ariza topshirishlari mumkin.
  • Barcha soha ustozlari ariza berishi mumkin, ammo STEM, ekstremizm va taʼlim sohasidagi nomzodlarga ustunlik berilishi mumkin.

Eslatma: Davolash ishi bilan shugʻullanuvchi mutaxassislarning arizasi qabul qilinmaydi, ammo salomatlikni saqlash va boshqarish kabi sohalar bilan bogʻliq nomzodlarning arizasi koʻrib chiqiladi.

Foydali tomonlari

  • Amerikaga borish-kelish xarajatlari toʻliq qoplanadi;
  • Toʻliq moliyaviy yordam va tibbiy sugʻurta bilan taʼminlanadi;
  • Ilmiy ishlariga oid Amerika madaniy boyliklardan foydalanish imkoniyati;
  • Amerikada oldin boʻlmagan nomzodlarga grantni yutishda koʻproq imkoniyat beriladi.

Hujjat topshirish

Roʻyxatdan oʻtish ushbu havola orqali amalga oshiriladi;

Ariza toʻldirishdan oldin, yoʻriqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

Toʻldirilgan arizada quyidagilar boʻlishi kerak:

  • Amerikada tadqiqot/leksiya uchun tavsiya etilgan faoliyatning batafsil bayonoti;
  • CV/Rezyume;
  • Ikkita tavsiyanоma;
  • Bibliografiya (tadqiqot taklifi) va/yoki dars dasturi (leksiya taklifi);
  • Ishtirоkchi muassasasidan qoʻllab-quvvatlash xati (letter оf suрроrt) talab qilinmaydi, lekin juda ragʻbatlantiriladi va arizani baholashda hisobga olinadi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qo‘shimcha savollarni quyidagi manzilga yuborish mumkin:

AQSh
Amerikada to‘liq moliyalashtirilgan holda ilmiy tadqiqot qilish imkoniyatini beruvchi Fulbright Visiting Scholar Program dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar